So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   0 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  3 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   7 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  23 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  2 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  30 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   43 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  10

Igor SHkvirin: "Natijadan ko'nglim to'lmadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Natijadan ko'nglim to'lmadi"

“Navbahor” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin ishtirok etdi
- Dastlab, mamlakat olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan namanganliklarni va olimpiyachilarimiz ustozi Baxtiyor Ashurmatovni tabriklayman. O'yin borasida gap ketganida, qayd etilgan natijadan ko'nglim to'lmaganini aytib o'tishim joiz. Negaki, uchrashuv davomida gol urish borasida raqibga qaraganda ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik.

- Ayniqsa, ikkinchi bo'limda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Agar imkoniyatlardan samarali foydalana olganimizda g'alaba qozongan bo'lardik. SHu o'rinda o'yinni jangovor ruhda o'tganligini aytib o'tishni istardim. Maydonda ko'p kurashlar kuzatildi.

- Garchi bugun mehmonda bir ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, avvaldan uch ochkoni qo'lga kiritamiz deb o'ylagandim. Futbolchilarimizga “Navbahor” azolari "ikkinchi qavat"da yaxshi harakat qilishini takidlab o'tgandim. Xususan, Erkinov, Mamazulunov va zaxiradan safga qo'shilgan Baqoev bosh bilan yaxshi o'ynay olishadi. Aynan shu sababli ham gollar "ikkinchi qavat"dagi kurashlardan keyin urildi. Agarda himoyachilarimiz jiddiyroq qarshilik ko'rsatib, raqib hujumchilariga imkon berishmaganida natija boshqacha bo'lishi mumkin edi.

- Qaysidir manoda omad yoki mahorat etishmadi. Misol uchun birinchi bo'limda Omonov hamda O'runov yaxshigina imkoniyatdan foydalana olishmadi. Ushbu futbolchilarimiz "ikkinchi qavat"da Erkinov kabi harakat qila olmasliklari uchun gol ura olishmagandir. Lekin, ikkinchi tomondan olib qaraganda, Omonov ikkinchi bo'limda darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan vaziyatda boshqacharoq tarzda harakat qilganida natija o'zgacha bo'lishi mumkin edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика