Igor SHkvirin: "Bugun so'nggi uch oydagi eng yomon o'yinimizni ko'rsatdik"
16 mar 2014 21:01
Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Bugun so'nggi uch oydagi eng yomon o'yinimizni ko'rsatdik"
"Olmaliq" - "Metallurg" (3:2) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumaning ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Igor SHkvirin ishtirok etdi.
"Bugun shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan haligacha chiqib ketganim yo'q. Raqibimiz juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Agar shunday o'ynashda davom etsa "Metallurg" yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishi mumkin. Biz esa aksincha juda yomon o'yin namoyish etdik. So'nggi uch oydagi eng yomon bahsni o'tkazdik. Balki shogirdlarim yangi stadiondagi ilk o'yin bo'lgani uchun hayajonlanishgandir, buni bilish uchun bir-ikki kun vaqt kerak.
Kecha mashg'ulotlar o'tkazish uchun bu erga kelganimizdayoq futbolchilarda hayajon bor edi. Yangi maydon, yangi sharoitlar... Bunga moslashish kerakdir balki.
Sanjar SHoahmedov ochiqchasiga aytaman, o'tgan yilgi o'yinning yarmini ham ko'rsatmayapti. Bunga nima sabab bo'layotganini bilmayman. Polvonov esa o'tgan yil jamoa to'purari bo'lib osmonlarda uchib yuribdi. Xullas ishlash kerak.
Legionerlarga kelsak, Aleksandr Alempievich o'zini ko'rsatgani yo'q. Stanoevich o'tgan yilgi saviyada o'ynadi, u ham juda zo'r o'ynamadi. Darvozabon SHomurodov esa qoniqarli harakat qildi.
Diyor Turopov ikki yil oldin juda yosh edi, uni termaga chaqirishdi, Jahon chempionatiga bordi, olimpiya termasiga chaqirildi. SHundan so'ng o'zidan ketib qoldi. Bunda jurnalistlarning ham kichik ham aybi bor. Yosh hali hech nimani qoyil qilmagan futbolchilar haqda ko'p yozavermanglar.
Tunislik SHaker Zuagi kecha yurtimizga etib keldi. Hozircha jamoa bilan mashg'ulot ham o'tkazmadi. Uni tibbiy ko'rikdan o'tkazishda muammo bo'lmasa balki keyingi o'yinda maydonga tushar.
"Olmaliq"ning bu yilgi maqsadi o'tgan yilgidan past bo'lmagan o'rinni band etish. Klub byudjeti qancha ekanligi haqidagi savolni to'g'ridan-to'g'ri rahbariyatga bersanglar yaxshi bo'lardi.
Xayrulla Xoliqov yozib oldi.

Fikrlar