So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Igor Sergeev: "Toshkentda ko'proq gol urishimiz kerak edi" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Toshkentda ko'proq gol urishimiz kerak edi"

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev Elit OCHL nimchorak finali doirasida o'tkazilgan "Al Hilol"ga qarshi bahsdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- "Paxtakor" bugun "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi. Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- Alamli tarzda 0:4 hisobida mag'lub bo'ldik. Hozir hissiyotlarga berilgan holda bir nima deyish noto'g'ri. Barcha xato qildi. Natijadan qoniqmadik. Birinchi uchrashuvda yaxshi o'ynagandik va g'alaba qozongandik. Toshkentda ko'proq gol urishimiz kerak edi, menimcha. Bu futbol va natijadan qati nazar hayot davom etaveradi. Endi OKMKga qarshi kechadigan keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.

- "Paxtakor" Elit OCHLni tark etdi. Jamoa endi faqat mahalliy musobaqalarda ishtirok etadi. "Paxtakor"ning Superliga va Kubok bahslarida o'z oldiga qo'ygan maqsadlari qanday?

- Biz har bir musobaqada g'olib bo'lishga harakat qilamiz. Voqealar qanday rivoj olishini vaqt ko'rsatib beradi. Biz har bir uchrashuvda maydonga chiqib, g'alaba qozonishimiz kerak. Superligami yoki Kubok bahslari, umuman farqi yo'q. Jamoadoshlarim ham bundan xabardor. Biz "Paxtakor"miz, ushbu jamoa kuchli uchlikka kirish yoki shunga o'xshash maqsadlar qo'ymaydi. Biz faqat chempionlikni ko'zlaymiz. Maksimal natijaga erishish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz.

- Bosh murabbiy Pedru Moreyra uchrashuvdan so'ng kiyinish xonasida futbolchilarga nima dedi? Kiyinish xonasidagi atmosfera qanday edi? To'g'ri, "Paxtakor" bugun yirik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi, ammo umumiy ishtirok kutilganidan yaxshiroq bo'ldi...

- Barcha xafa edi, 0:4 hisobidagi yirik mag'lubiyat. Bosh murabbiyimiz maydonda nima bo'lganini ko'rdi va holatni tushunib turibdi. Bosh murabbiymiz nutq so'zlamadi. Hozir fikr bildirish qiyin. Murabbiylarimiz bir necha kundan keyin o'yinni tahlil qilib chiqishadi va qaerda xatolarga yo'l qo'yganimizni bilib olamiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi 



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика