So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Igor Sergeev: "Paxtakor" chempionlik uchun kurashadi" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Paxtakor" chempionlik uchun kurashadi"

Igor Sergeev milliy terma jamoamizning oxirgi uchrashuvlarida to'purarligi bilan muxlislarning tiliga tushdi.
BAAga qarshi kechgan bahsda uning goli terma jamoamizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. O'sha o'yin va “Paxtakor”ning mavsumga tayyorgarligi haqidagi savollarga Igordan javob oldik.

 
Igor SERGEEV
Tug'ilgan sanasi:
30.04.1993
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: hujumchi

“Paxtakor” safida oliy ligada 27 o'yinda 5 to'p kiritgan. Yoshlar terma jamoasi safida 11 gol muallifi bo'lgan. Milliy terma jamoada 5 bellashuvda 3 gol urdi.

Sovrinlari: O'zbekiston chempioni-2012, O'zbekiston Kubogi sohibi-2011, yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati to'purari-2012.

- Igor, BAAga qarshi o'tgan uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- O'yindan ko'proq narsani kutgandik, aniqrog'i g'alaba qozonamiz deb o'ylagandik. Lekin birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Ustunligimizdan samara chiqara olmadik. Raqib esa ikkinchi bo'limni ancha yaxshi o'tkazib, tez orada to'p kiritdi. SHundan keyin yanada katta kuch bilan hujumga o'tishimizga to'g'ri keldi. BAAga o'zimiz tanaffusdan keyin faol o'ynashga imkoniyat berib qo'ydik. Yaxshiyamki, hisobni tenglashtirdik. Biroq g'alaba qozonish nasib qilmadi.

- BAAning ikkinchi bo'limda o'yinni keskin o'zgartirishi kutilmagan hol bo'ldimi?
- Ha, biz tanaffusgacha ustunlik qildik. SHuning uchun raqib yana himoyada o'ynashni davom ettiradi degan xayolga bordik. Ammo BAA termasi xavfli hujumlar tashkil etib, bizni kutilmagan holatga tushirib qo'ydi.

- Siz gol urgan vaziyatda hujum avvaldan shunday uyushtirilishini sezganmidingiz?
- To'g'risi, yo'q. SHunchaki to'p kelayotganda joy tanlashda ustunlikka ega bo'lish uchun himoyachidan oldinroqda bo'lishni lozim topdim. To'p jarima maydoniga uchib kelayotgan holatda esa biror narsani o'ylashga vaqt yo'q edi. Unga etib ololmasligimni tushundim va sakrab to'p yo'nalishini darvoza tomonga o'zgartirishga qaror qildim. Yakunda barchasi ijobiy ko'rinish oldi.

- Milliy terma jamoaga ko'nikish jarayoni sizda juda tez o'tdi. Buning sababi nimada?
- Jamoadagi yigitlar meni yaxshi qabul qilishdi. Denisov, Ahmedov, Jeparov singari etakchilar bizga qanday harakat qilish lozimligi haqida aytib turishibdi. Ularning bu ko'magi menga asqotdi va terma jamoaga ko'nikishda katta muammolar uchramadi. Aynan ularning qo'llashi natijasida bu narsa tez o'tib ketdi.

- “Paxtakor”ning yangi mavsumga tayyorgarligi qanday kechdi?
- Juda yaxshi. Turkiyadagi yig'inlar chog'ida murabbiylar shtabi tomonidan avvaldan rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirdik. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etdik. Har bir mashg'ulot hamda nazorat o'yini maxsus reja asosida bo'lib o'tdi. Jismoniy, texnik va taktik, jamoaviy o'yin sifatini oshirish borasida ishladik. Avvalgi mavsumlardan avvalgi yig'inlarda ham qatnashgandim. Bu yilgisi qiziqarliroq kechdi. Bazi jarohatlar ozgina xalal berdi, lekin umuman tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Bu chempionatda bizga yordam berishiga umid qilaman.

- “Paxtakor” safida yosh futbolchilar soni ko'p. Jamoa bu yil chempionlik uchun kurash olib boradimi?
- Albatta, chempionlik uchun kurash olib boramiz. Tarkibimiz yosh bo'lishiga qaramay, har bir futbolchining kuchli taraflari mavjud. Kimdir boshqa klublar safida ijarada o'ynab, boshqalar esa turli xalqaro bellashuvlarda tajribalarini oshirishdi. SHular orqali biz yaxshi jamoaga aylana olamiz.

- Mavsum oldidan gol urish borasida o'z oldingga maqsad qo'ydingizmi?

- Ha, maqsad bor. Lekin uni bajarganim to'g'risida mavsum yakunlangach, aytib o'taman. Hozir esa mavsumni yaxshi boshlash va jamoa g'alabalariga hissa qo'shishga intilishim kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика