Igor Sergeev harakat qilayotgan "Patum Yunayted" jamoasi o'rtoqlik o'yinida ECHL finalchisi "Borussiya"ni tor-mor keltirdi!
22 iyu 2024 00:29
Yangiliklar
Igor Sergeev harakat qilayotgan "Patum Yunayted" jamoasi o'rtoqlik o'yinida ECHL finalchisi "Borussiya"ni tor-mor keltirdi!
Tailandning "Patum Yunayted" jamoasi Dortmundning "Borussiya"sini o'rtoqlik o'yinida yirik hisobda mag'lub etdi.
Ilk bo'limda Melvin Lorencen va Teerasil Dangda gol urishgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng Yaroensak Vonggorn dubl qayd etdi.
Tailandda o'tgan o'yinda jarohatidan tiklanayotgan mezbonlar hujumchisi Igor Sergeev qaydnomada yo'q edi.
"Patum Yunayted" — "Borussiya Dortmund" 4:0
Gollar: Melvin Lorencen (14), Teerasil Dangda (44), Yaroensak Vonggorn (65, 88).
"Borussiya"ning 1-taym uchun tarkibi: Mayer, Ryuerson, Zyule, Lyurs, Rote, Ajil, Nmecha, Brandt, Adeyemi, Mukoko, Brunner.
"Borussiya"ning 2-taym uchun tarkibi: Lotka, Yessen, Meyzer, Benkara, Kabar, Roggov, Kamara, Veten, Xettver, Alle, Brunner.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar