So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

“Iftixor” FK direktori va murabbiyi futboldan butkul chetlatildi Yangiliklar

“Iftixor” FK direktori va murabbiyi futboldan butkul chetlatildi

O'zbekiston Futbol Associaciyasi ayni damda "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlarni amalga oshirgani haqidagi matbuotda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Unga ko'ra, Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qo'ziboevning ushbu hatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda.

O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda o'zbek futbolida bunday xunuk holatlar kuzatilmasligi lozimligini takidlab o'tdi.

"Yurtimizda futbolni isloh qilish, uni yangi darajaga olib chiqish, o'zbek futboli dovrug'ini dunyoga yoyish yo'lida katta ishlar boshlanganidan barchaning xabari bor. Hukumat darajasida futbolimizga katta etibor qaratilayotgan bir paytda ko'ngilni xira qiladigan bunday holat yuz berganini aslo yoqlab bo'lmaydi. Har qanday holatda ham hech bir futbolchiga nisbatan klub rahbariyatining kuch ishlatishga haqqi yo'q. O'FA hamda PFL bundan buyon ham o'z o'yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar ko'radi", — dedi Umid Ahmadjonov.

SHaxsan O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'iga va Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Iftixor” futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qo'ziboev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatildi.

Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика