So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ibrohim Ibragimov: "Olimpiada yo'llanmasi uchun tayyorgarlikni davom ettiramiz" Yangiliklar

Ibrohim Ibragimov: "Olimpiada yo'llanmasi uchun tayyorgarlikni davom ettiramiz"

O'zbekiston U-23 termasi futbolchisi Ibrohim Ibragimov Osiyo o'yinlari doirasida 3-o'rin uchun o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng musobaqa haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Osiyo o'yinlari musobaqasi haqida fikrlaringiz?

- Bu turnir biz uchun foydali bo'ldi deb ayta olaman. Har bir o'yin qiziqarli va o'ziga yarasha qiyin o'tdi. Gonkong bilan musobaqa davomida uch marotaba o'yin o'tkazdik, bunaqasi kamdan-kam bo'ladi albatta. Bu jamoa ham musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rib kelgan ekan. Bundan tashqari Indoneziya va Saudiya Arabistoni bilan ham yaxshi o'yin o'tkazdik.

- Yarim finalda Janubiy Koreyani mag'lub etish uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Yarim final bahsida Janubiy Koreya bilan ham yomon o'ynamadik. Jamoamiz finalga chiqish uchun bor kuchi bilan harakat qildi. Musobaqa avvalida Xitoyga chempionlikni maqsad qilib borgan edik. Yarim finalda o'zimizning xatolar sabab gol o'tkazdik, bu biz uchun katta dars bo'ldi.

- Bronza medali uchun o'tgan bahs haqida nimalar deya olasiz?

- Ushbu uchrashuv avvalidagi kuchli shamol va yomg'ir birinchi bo'limda o'zimizning taktik futbolni ko'rsatishga biroz qiyinchilik tug'dirdi. Taym so'ngida gol kiritib, birinchi bo'limni g'alaba bilan yakunlaganimiz bizga qo'l keldi. Ikkinchi bo'limda murabbiylar shtabining ko'rsatmalariga amal qilib uchta gol urishga erishdik.

Musobaqa davomida bizga muxlislik qilgan barcha yurtdoshlarimizga rahmat aytaman. O'tgan yilgi Osiyo kubogida ikkinchi o'rin, bu safargi Osiyo o'yinlarida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Osiyoda tengdoshlarimiz orasida faqatgina chempionlikni qo'lga kiritish qoldi. O'z ustimizda yanada ko'proq ishlab, xatolardan kerakli hulosa qilgan holda asosiy maqsadimiz bo'lgan 2024 yilgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma beradigan Osiyo kubogi musobaqalariga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика