So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Ibrohim Ibragimov: "Maqsadim – "Paxtakor" bilan yaxshi natijalar ko'rsatish" Yangiliklar

Ibrohim Ibragimov: "Maqsadim – "Paxtakor" bilan yaxshi natijalar ko'rsatish"

Yozgi transfer oynasi vaqtida "Paxtakor" klubiga qo'shilgan yarim himoyachi Ibrohim Ibragimov kecha Championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Xalq jamoasi hisoblangan "Paxtakor"ga o'tganimdan xursandman. Olimpiya terma jamoasidagi ishtirokimizni yakunlab, yangi klubimga qo'shildim. Bugun sobiq klubimiz "Olimpik"ka qarshi o'ynadik va shu orqali O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirdik", - dedi Ibrohim Ibragimov.

- Jamoadagi muhit qanday?

- “Paxtakor”dagi muhit alo darajada, yaxshi kutib olishdi. Ko'pchilik futbolchilar tanish, tengqurlarim ham bor, akalarimiz ham bor. Bir oila bo'lib harakat qilyapmiz.

- Bosh murabbiy bilan gaplashib oldingizmi? U sizga nimalar dedi?

- Bosh murabbiy va rahbariyat bilan gaplashib oldik. O'zbekiston chempionatida g'olib bo'lish, mamlakat kubogini ham qo'lga kiritish kerak. Elit Osiyo chempionlar ligasida ham maksimal ishtirok etishni maqsad qilganmiz.

- SHaxsiy maqsadlaringiz qanday?

- Bu yilgi maqsadim, avvalo, “Paxtakor” bilan yaxshi natijalar ko'rsatish. Yana bir maqsadim – O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynash. Kelajakda esa Evropaning eng yaxshi klublarida to'p tepish.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика