Ibragimovich A Seriyadagi tarixiy rekordi haqida: “Bu menga kerak ham emasdi”
19 mar 2023 09:25
Yangiliklar
Ibragimovich A Seriyadagi tarixiy rekordi haqida: “Bu menga kerak ham emasdi”
Italiya chempionati navbatdagi turida “Milan” safarda “Udineze”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uzoq davolanishdan keyin safga qaytgan Zlatan Ibragimovich penaltini aniq amalga oshirdi va A Seriyada to'p kiritgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 41 yosh-u, 166 kunlik. Avvalgi rekordi 2007 yil “rossonerilar” sobiq azosi Alessandro Kostakurta tomonidan o'rnatilgandi.
“Menga bu rekord kerak emas, buni bajonidil Kostakurtaga qoldirgan bo'lardim. Bunday buyuk klub tarixiga kirish men uchun sharaf. “Milan”da yorqin ishlarni amalga oshirgan ajoyib futbolchilar bo'lgan va ular orasida o'z nomimni ko'rishdan baxtiyorman. Bugungi golim bizga ochko keltirmagani esa achinarli”, degan shved.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar