So’nggi yangiliklar

07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2

Hussayn Faraki: "Agar ertaga g'olib bo'lsak erkin nafas olamiz" Yangiliklar

Hussayn Faraki: "Agar ertaga g'olib bo'lsak erkin nafas olamiz"

OCHL 4-turi doirasidagi Fulad - Bunyodkor uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Xussayn Faraki va jamoa sardori Baxtiyor Rahmoni qatnashdi.
- Bunyodkor - kuchli jamoa ekanligini bilamiz. Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Toshkentda durang bo'lgandi. Agar ertaga g'olib bo'lsak erkin nafas olishimiz mumkin. Uyimizda o'ynayotganimiz bizga ustunlik beradi. Maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Raqib safida qobiliyatli futbolchilar talaygina. Agar mehmonlar g'olib bo'lishsa imkoniyatlari keskin oshib ketadi. SHu bois bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Biz ikki frontda kurash olib borayapmiz: milliy chempionatda chempionlikka kurashayapmiz, OCHLda esa guruh bosqichidan chiqmoqchimiz. Ikkala musobaqa biz uchun juda muhim. So'nggi paytlarda oxirgi daqiqalarda ko'p gol o'tkazayapmiz. Toshkentda ham shunday bo'lgandi va g'alabani qo'ldan chiqargandik. Xatoni to'g'rilashga urinamiz, - deydi Hussayn Faraki.

- Bunyodkorning taqdiri o'z qo'lida. Agar bizni mag'lub etishsa qiyin vaziyatga tushib qolamiz. Toshkentda juda qattiq qarshilikka duch keldik. Ertaga ham oson bo'lmaydi. Nima bo'lsa ham g'alabaga harakat qilamiz. O'yinga ko'p odam kelishini istaymiz. Ularga g'alabani sovg'a qilmoqchimiz. Klubdan ikki futbolchi terma jamoadan taklif oldi. Tarkibimizda bir qator qobiliyatli futbolchilar bor, ular ham termaga chaqiruv olishlari mumkin, - deydi Baxtiyor Rahmoni.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика