Hussayin Faraki: "Uch ochko uchun kurashdik, ammo safardagi bir ochko ham yaxshi"
19 mar 2014 20:17
Yangiliklar

Hussayin Faraki: "Uch ochko uchun kurashdik, ammo safardagi bir ochko ham yaxshi"
OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Fulad" (1:1) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning birinchi qismida mehmonlar ustozi Hussayin Faraki ishtirok etdi.
- Kecha aytib o'tganimdek, o'yin qiyin bo'ldi. "Bunyodkor" yaxshi jamoa ekanini ko'rsatdi. Bugun biz uch ochko olishga urindik, lekin 1 ochko ham yaxshi. Oldinda Erondagi javob bahsi bor. Jamoa raqibga nisbatan ko'proq vaziyatlar yaratdi. Ammo ularning ko'pidan foydala olmadik, shu bois ham ikki ochko yo'qotdik, - deb gap boshladi Hussayin Faraki.
- Maydonga tushgan futbolchilarning harakatlaridan qoniqdim. Bugun safimizda Arash Afshin va CHimba o'ynay olishmaganini inobatga olsak bugun yaxshi o'ynadik.
- Bugun "Bunyodkor" o'z maydonida o'ynadi. SHu bois tabiiyki ko'proq hujum qildi. Men o'yindan oldin shogirdlarimga havodagi kurashlarga tayyor turishlari kerakligi haqida aytgandim. Biroq ikkinchi bo'limda tarkibimiz ancha yoshardi va yosh futbolchilar tajribasizlik natijasida bitta xatoga yo'l qo'yishdi. Buning oqibatida gol o'tkazib yubordik.
- Bu futbol oldindan hech nima deb bo'lmaydi. Men uchun narigi o'yinda "Al Fath" g'olib bo'lgani yaxshiroq.
- O'z maydonimizda 40 ming muxlislar bizni qo'llab turishadi. Ularning ko'magi sezilib turadi. Bugun esa raqibga bunday ko'mak bo'lgani yo'q.

Fikrlar