So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Hussayin Faraki: "Bunyodkor"ni tubdan o'rgandim" Yangiliklar

Hussayin Faraki: "Bunyodkor"ni tubdan o'rgandim"

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Fulad” (Eron) uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning birinchi qismida "Fulad" bosh murabbiyi Hussayin Faraki va jamoa sardori Baxtiyor Rahmoni qatnashdi.

"Al Jaish" va "Al Fath" jamoalariga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatgan holda 4 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldik. Bu biz uchun yaxshi ko'rsatkich. Navbatdagi raqibimiz "Bunyodkor". Toshkentliklarga qarshi tayyorgarligimizdan qoniqish hosil qildim. Jamoani tubdan o'rgandim. Qolaversa "Bunyodkor" O'zbekiston milliy terma jamoasiga o'xshash uslubda harakat qiladi. Biz MTJ o'yinlarini ham kuzatdik. Ertaga yaxshi o'yin bo'lishi aniq", - deb gap boshladi "Fulad" bosh murabbiyi.

Jamoa sardorining fikri qisqacha ko'rinish oldi:
- Toshkentga ikki kun avval tashrif buyurdik. Bu tayyorgarlik yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaga murabbiyimiz takidlaganidek g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- O'zingizni kuchli tomonlaringizdan kelib chiqib, "Bunyodkor"ning ojiz tomonlari nimada deb o'ylaysiz?

- "Bunyodkor"da yaxshi o'yinchilar harakat qiladi. Raqibning ojiz tomonlarini ko'rsatish to'g'ri bo'lmasa kerak. Jamoada yosh va tajribali futbolchilar yig'ilgan. Menimcha Qosimov ko'proq tajribali futbolchilarga tayanadi.

- Ertaga g'alaba qozonishingizga ishongan holda gapiryapsiz?
- Bu futbol. Durang ham biz uchun yaxshi. Ammo har qanday jamoa o'z oldiga g'alabani maqsad qilishi kerak.

- Bu oydagi asosiy vazifa nimadan iborat, OCHL guruhidan chiqishmi yoki mamlakat chempionatida chempionlikni qo'lga kiritish?
- Asosiy vazifa mamlkat chempionligini qo'lga kiritish. Bugunga kelib birinchi o'rinda turibmiz va qolgan uchta o'yinni yutsak chempion bo'lamiz. Undan keyingi vazifa OCHL.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика