So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Husniddin Nishonov: "Zalga ko'nikishga harakat qilyapmiz" Yangiliklar

Husniddin Nishonov: "Zalga ko'nikishga harakat qilyapmiz"

O'zbekiston hamda Malayziya futzal terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahsidan (4:3) so'ng, mezbonlar futzalchisi Husniddin Nishonov intervyu berdi.

Husniddin Nishonov: "Ushbu o'yinga kelgan muxlislarga katta rahmat. Ikkita bahsda ikkita g'alabaga erishdik. Asosiysi Osiyo chempionatiga chiqib oldik".

O'yinni to'liq nazorat qildik, biroq uchrashuv oxirida bazi xatolar bo'ldi, ular ustida ishlaymiz. Iroqqa qarshi uchrashuvda bunday xatolar qilmaymiz deb umid qilaman".

- O'tkazilgan ikki uchrashuvdan kelib chiqib qaysi jamoa sizda iliq taassurot qoldirdi?

- Malayziya. Ularning murabbiyi Xose Mariya Mendesning shogirdi bo'ladi. Ular yaxshi tayyorlanishgan ekan. Bahs oxirirda raqib 5 kishi bo'lib o'ynaganida bazi xatolarga yo'l qo'ydik, to'g'irlaymiz.

- Terma jamoa ikkita o'yindan beri birinchi bo'limda gol urishga qiynalyapti...

- Zalga ko'nikishga harakat qilyapmiz. Vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Keyingi bahs va turnirlarda bunday bo'lmasligiga harakat qilamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика