So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Husniddin G'ofurov: “Olmaliq” yig'inidagi serbiyaliklarning saviyasi yuqori deya olaman” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Olmaliq” yig'inidagi serbiyaliklarning saviyasi yuqori deya olaman”

Yaqinda “Olmaliq” yig'iniga Serbiyadan legionerlar kelishgandi.
Malum bo'lishicha Radiovoevich  va Alimpievich hamyurtimiz Husniddin G'ofurov jamoasi bo'lmish “Yavor”dan kelgan. Yaqinda Husniddin bilan suhbatlashib, ushbu legionerlar haqida so'radik.

- Radiovoevich va Alimpievichning ayni paytda “Olmaliq” yig'inida ishtirok etayotganidan xabarim bor. Ular bilan o'zaro suhbatlashib turamiz – deydi G'ofurov. Hujumkor futbolchilar toifasiga kiradi. Ular bilan men yarim mavsum bitta klubda o'ynab, yaxshi saviyadagi futbolchilar ekanligini bildim.

- U xolda nima uchun “Yavor”ni tark etgan?

- Bu haqda aniq bir gap aytish qiyin. Tahminimcha ularning klub bilan tuzgan shartnomasi tugagan.

- Ularning saviyasi haqida nima deya olasiz?
- Ikkisi ham yuqori saviyadagi o'yinchilardir. Ayniqsa Radiovoevich haqida iliq fikrlarni aytishim mumkin. U terma jamoaga nomzod o'yinchilardan biri ekanligini ham so'zimga isbot bo'lsa ajab emas.

- Xabaringiz bo'lsa kerak, PFL legionerlar uchun malum talablarni joriy etgan. Nima deb o'ylaysiz, serbiyalik futbolchilar mahalliy o'yinchilarimizdan bir bosh ustunmi?
- Ha, menimcha ustun.

- Aytingchi nima serbiyalik futbolchilar bizning klublarga o'tishga intilishmoqda?
- Bilmadim, to'g'risi...

- O'zingiz haqingizda nima deysiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Hozir kunda Serbiyada ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlik ko'rilmoqda. 23 fevraldan chempionatning ikkinchi qismi boshlanadi. Kuni-kecha sinov-nazorat o'yinida murabbiy meni ham maydonga tushirdi.

- Jamoada bosh murabbiy o'zgarganidan keyin qanday yangiliklarga guvoh bo'ldingiz?
- Yangi murabbiyning ham o'ziga yarasha qarashlari bor. Natijani yaxshilash uchun bir qator o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Mashg'ulotlarda ham tabiiyki o'zgarish kuzatildi.

- Turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, “Yavor”ning 14-o'rindan joy egallab turganiga guvoh bo'lamiz. Bu ayni paytda jamoadagilarni qoniqtirmayotgan bo'lsa kerak?
- Albatta bundan hech kimning ko'ngli to'layotgani yo'q. Lekin oldindan bir qator o'yinlar turibdi. Aynan bo'lajak bahslarda kerakli ochkolarni jamg'arib, yuqori o'rinlardan joy egallashni maqsad qilganmiz.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика