So’nggi yangiliklar

10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  3 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  5 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  13 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  13 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  4 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  9 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  13 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  14 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3

Husniddin Aliqulov: "Terma jamoamizdagi yigitlarda kayfiyat va shijoat alo darajada" Yangiliklar

Husniddin Aliqulov: "Terma jamoamizdagi yigitlarda kayfiyat va shijoat alo darajada"

8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Tokio-2020 olimpiadasiga yo'llanmalar taqdim etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi.

Terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov musobaqaga tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi rejalar xususida O'FA rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Yil davomida har oy o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi, o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Ancha yaxshi saviyadagi raqiblar bilan o'yinlar o'tkazdik.

Osiyo chempionatida oson bo'lmagan guruhdan o'rin olganimiz bor gap. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. To'g'ri, ular kuchli, lekin biz ham hech bir jabhada osonlikcha imkoniyatni boy bermaymiz. Qolaversa, Janubiy Koreya hamda Eron bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishga ham ulgurdik. Raqiblar haqida etarlicha tasavvur va malumot bor.

Jamoamizda ichki muhit juda yaxshi. Yigitlarda kayfiyat va shijoat alo darajada. Biz musobaqaga avvalo o'z unvonimizni munosib himoya qilish, Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish maqsadida boryapmiz.

Muxlislarimiz bizga ishonib, qo'llab-quvvatlab turishsa, ularni xursand qilish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz, - dedi mahoratli futbolchi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика