So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  6 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Husayn Norchaev instagramda "Nasaf" muxlislari bilan xayrlashdi Yangiliklar

Husayn Norchaev instagramda "Nasaf" muxlislari bilan xayrlashdi

"Alaniya"ga o'tayotgan o'zbekistonlik hujumchi Husayn Norchaev instagramdagi o'z sahifasida "Nasaf" muxlislari bilan xayrlashdi.

"Aziz "Nasaf" klubi muxlislari!
Avvalo, Sizlarga katta rahmat aytmoqchiman! "Nasaf"da baxtli edim, g'alabada ham, mag'lubiyatda ham birga bo'ldingiz. Har daqiqa Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringizni his etib turdim. Jamoani shunday tarzda qo'llashda davom etishingizni so'rab qolardim. Zero "Nasaf" har doim Sizlar uchun o'ynaydi!

Fursatdan foydalanib "Nasaf"dagi barchaga, rahbariyatdan tortib qorovulgacha, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! O'z navbatida Ro'ziqul Sadullaevich Berdievga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o'yinda bosh murabbiyning ishonchini oqlash uchun maydonga tushdim va jamoa uchun borimni berdim. O'z gollarim bilan jamoa g'alabalariga oz bo'lsa ham hissa qo'shganimdan faxrlanaman. "Nasaf"dagi faoliyatim yakunlandi, sababi professional faoliyatimda oldinga intilish vaqti etib keldi deb hisobladim. Barcha futbolchilar singari men ham o'zimni legioner sifatida sinab ko'rishni istadim.

Faoliyatimni Rossiyaning "Alaniya" klubida davom ettirishga qaror qildim. To'g'ri oldimda Osiyoning bir qator klublaridan takliflar bor edi. Ammo professional futbolchi sifatida yanada o'sish uchun Evropa futbolida o'ynashni to'g'ri deb bildim. Bundan tashqari Vladikavkaz klubi o'zbekistonlik futbolchilar uchun begona emas. Ushbu klubda o'ynagan o'zbekistonlik futbolchilarning davomchisi sifatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga, maydonda oxirgi kuchim qolguncha o'ynashga vada beraman.

SHuni unutmangki, men doim "Nasaf" muxlisi bo'lib qolaman. "Nasaf" doim yuragimda qoladi‘’, - deb yozadi Norchaev.
 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика