"Hozir yoki hech qachon". Karrager Keynga "Tottenxem"dan ketishni maslahat berdi
04 apr 2020 17:57
Yangiliklar
"Hozir yoki hech qachon". Karrager Keynga "Tottenxem"dan ketishni maslahat berdi
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager forvard Xarri Keynga "Tottenxem"dan ketishni maslahat berdi.
"Keyn o'z faoliyatining cho'qqisiga chiqdi. Agar uni aqli ishlasa, kelajagi haqida o'ylaydi. To'g'ri, hozir mavridi emas. Klublar koronavirus pandemiyasi tufayli harajatlarni kamaytirish niyatidalar.
Qimmat o'yinchilar uchun boshqa klublarga o'tish qiyin ishga aylanadi. Yozgi transferlar ochilishi ham so'roq ostida. Ammo, Keyn ketmoqchi bo'lsa, unda shoshilishi kerak. Hozir yoki hech qachon. U yaqinda 27ga to'ladi, 28 yosh esa ko'plab top-klublar uchun ruhiy to'siqdir", - deydi Karrager.
Eslatib o'tamiz, Xarri Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди
Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"
Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди
Fikrlar