So’nggi yangiliklar

12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  0 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  1 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  1 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  2 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  3 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучли амбицияга эга клуб сафида тўп тепиш мен учун шараф”  5 07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  7 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  26 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2

Homiylar bilan ishlash, chiptalar savdosi va boshqalar. O'zbek klublari delegaciyasi Turkiyaning yana bir superklubi ish faoliyatini o'rgandi Yangiliklar

Homiylar bilan ishlash, chiptalar savdosi va boshqalar. O'zbek klublari delegaciyasi Turkiyaning yana bir superklubi ish faoliyatini o'rgandi

Teglar :  PFL Turkiya
O'zPFL va Turkiya klublar birligi o'zaro hamkorlikda o'zbekistonlik futbol mutaxassislarini turk klublari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ayni kunlarda Istanbulda o'quv seminari tashkil etmoqda.

Hozirga qadar klublarimiz vakillaridan iborat delegaciya Turkiya klublar birligi va “Fenerbahche” klublari tuzilmasi bilan tanishtirilgan edi. Kecha o'zbek mutaxassislarini “Galatasaroy” klubi qabul qildi.

Dastlab klubning tashkiliy tuzilmasi, “Galatasaroy”ning marketing va muxlislar bilan ishlash bo'yicha strategiyasi, homiylar bilan amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi, chiptalar savdosi qanday yo'lga qo'yilgani, shuningdek klubning o'yinchilar selekciyasini qanday olib borishi xususida taqdimotlar o'tkazildi. Ayniqsa, mazkur klubning tijoriy masalalar bo'yicha direktori, jahon sportining eng oldi marketing mutaxassislaridan biri sanaladigan Nachi Jansun o'z tajribasi bilan o'rtoqlashib, soha bo'yicha qiziqarli malumotlar bilan bo'lishdi.

Qolaversa, “Galatasaroy” klubi o'yin kungi uchrashuvning tashkiliy ishlari qanday kechishi bo'yicha ham o'z ish jarayoni bilan batafsil tanishtirdi. Xususan, o'zbekistonlik mutaxassislar Turkiya Superligasi doirasidagi “Galatasaroy” – “Adana Demirspor” uchrashuvi oldidan o'yinning tayyorgarlik jihatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика