So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

“Hokim Kubogi”: “Neftchi”dan yirik g'alaba Yangiliklar

“Hokim Kubogi”: “Neftchi”dan yirik g'alaba

Teglar :  NeftchiHokim kubogi
Farg'onada bo'lib o'tayotgan “Hokim Kubogi-2018” turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

1 fevral kuni Sergey Kovshov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi o'zining 3-bahsini o'tkazdi. Bu safar Quvasoyning “Cementchi” jamoasi farg'onaliklar bilan raqobatga kirishdi. Bahsda “Neftchi” jamoasi yirik hisobda g'alabaga erishdi. O'yinda 5:1 natijasi kuzatildi.  “Neftchi” safidan Zohir Qo'ziboev, Anvar Berdiev, Abdulaziz Yusupov, Temur Usmonov hamda Amirjon Safarov gol kiritgan bo'lsa, “Cementchi”dan Rustam Solijonov bir marta mazkur to'plarga javob qaytardi.


Aytish kerakki, “Cementchi” jamoasi bahsda garchi ko'p gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, o'zida yaxshi taassurot qoldirdi. Jamoa tarkibini asosan Farg'ona futbolining yosh tarbiyalanuvchilari tashkil etganini malum qilib o'tish o'rinlidir.

Super liga bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan “Neftchi” jamoasi uchun “Hokim Kubogi” turniri katta ahamiyat kasb etmoqda. Turnir sabab murabbiylar shtabi ko'rikda bo'lib turgan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda va jamoa o'yinini shakllantirishga urg'u berilyapti.

 
“Neftchi” – “Cementchi” 5:1

Gollar: 
Zohir Qo'ziboev -1:0, Anvar Berdiev – 2:0, Abdulaziz Yusupov – 3:0, Temur Usmonov – 4:0, Amirjon Safarov – 5:0, Rustam Solijonov – 5:1

“Neftchi:” 1. Akmal Ortiqov, 3.SHukurali Po'latov, 35.Davron Mamatov, 94.Jamshid Qobulov, 20.Alisher Samatov, 88.Abbos Maxstaliev, 17.Sunnatilla Ermatov , 23.Abdulaziz Yusupov, 21.Eler Mamasoliev, 82.Zohir Qo'ziboev, 10.Anvar Berdiev
Zaxira: 35.Farrux Turdaliev, 19.Javoxir Rasulov, 24.Otabek Axmadjonov, 33.Ilxom Yunusov, 9.Timur Usmonov, 87.Amirbek Safarov, 34.Davron Isokov, 44.Jasur Azimov, 77. Javohir Mo'sajonov

“Cementchi”: 80.SHuhrat Rahmonov, 2.Mirjamol Nematov, 29.Asil G'oibjonov, 22.Husanboy G'aniev, 6.Islom Toshpo'latov, 13.Abror Ismoilov, 9.Abduqodir Artikov, 7.Islombek Karimov, 10.Xurshid Asqaraliev, 19.Elamon Karimov, 14.Abdujalil Manazarov
Zaxira: 1. Qodir Muhammadjonov, 5.Rahim Mamatkarimov, 8.Aziz Fosilov, 15.Rahmatillo Xolmirzaev, 18. Abdulfayoz Jakbarov, 27.Rustam Solijonov, 4.Jamshid To'raqulov

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” jamoasi 3 fevral kuni “O'sh”ga qarshi o'ynaydi. O'yin Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat  15:00da boshlanadi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика