So’nggi yangiliklar

21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  6 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  9 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

“Hokim Kubogi”. “Neftchi” turnirni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Hokim Kubogi”. “Neftchi” turnirni g'alaba bilan boshladi

Teglar :  Hokim Kubogi
Farg'ona viloyati “Hokim Kubogi-2019” turniri start oldi. 29 yanvar kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida 1-turdan o'rin olgan “Neftchi” – “Turon” o'yini o'tkazildi.

Unda Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yangi mavsum oldidan o'tkazilayotgan qishki yig'in chog'ida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Farg'onada o'tkazilinayotgan turnir yangi mavsumga tayyorgarlik vazifasini o'tab berish bilan birgalikda, yig'indagi yangi nomlarni sinovdan o'tkazish imkonini beradi.

Yaqinda o'tkazilgan nazorat o'yinida farg'onaliklarga raqiblik qilgan “Turon” jamoasi “Hokim Kubogi”ning 1-turida yana bir bor “Neftchi”ga ro'baro keldi. Ilk taym garchi “Neftchi” jamoasining ustunligi ostida o'tgan bo'lsada, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. 0:0

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa safida ham o'zgarishlar yuz berdi va aytish kerakki, ushbu o'zgarishlar o'yin suratini yanada oshirdi. Ikkinchi bo'limda “Turon” jarima maydonchasi ichida “Neftchi” vakillariga nisbatan qoida buzildi va bosh hakam penalti belgiladi. Biroq Nodir Kamolov zarbada xatoga yo'l qo'ydi va uning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Aslida Kamolov darvozaning yuqori burchagini nishonga olgan edi. Biroq ko'p o'tmay maydon egalari baribir hisobni ochishning uddasidan chiqishdi. Islom Toshpo'latovning qanotdan tashlab bergan to'pini Hamidullo Abduhamidov boshi bilan “Turon” darvozasiga joylab qo'ydi.

Umuman olganda, yaypanlik futbolchilar ham o'yinda yomon taassurot qoldirishmadi. Farg'ona viloyati 2-liga chempionlari o'tkazib yuborilgan goldan so'ng faol o'yin ko'rsatishdi. Raqib tarkibidagi tajribali Mo'ydin Mamazulumov bir qator xavfli vaziyatlar yaratishga erishdi.

O'yinning so'nggi daqiqalari o'tib borayotganda, “Turon” jamoasi futbolchisi kutilmaganda Farrux Turdaliev bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo Turdaliev raqib bergan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi va hisobni tenglashishini oldini oldi. Yakuniy hisob 1:0. “Neftchi” “Hokim Kubogi”ni g'alaba bilan boshladi

“Neftchi” murabbiylari o'yinda quyidagi tarkibdan foydalanishdi:

Asosiy tarkib: 21.Farrux Turdaliev, 20.Dilyor Irmatov, 23. Asilbek G'oyibjonov, 22.Doston Abdurahmon, 33.Islom Toshpo'latov, 34.Igor Taran, 44.Otabek Zokirov, 64. Mirjamol Nematov, 65.SHodiyor Xojimatov, 71.Xurshidbek Asqaraliev, 91.Hamidullo Abduhamidov

Zaxira: 80. SHuxrat Raxmonov, 3. Siroj Xamroev, 5.Abbos SHodmonov, 10. Anvar Berdiev, 13. Idris Bikmaykin, 15. Nodir Kamolov, 90. Ilxom Voxobov, 45. SHaxzod Usmonov

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” jamoasi keyingi uchrashuvni 31 yanvar kuni Qirgulida Andijonning “O'zTongXo” jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin soat 11:00da start oladi

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика