So’nggi yangiliklar

10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  0 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  2 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  4 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  7 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  2 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  5 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  108 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1

Hokim kubogi: Havotir to'g'ri chiqdi Yangiliklar

Hokim kubogi: Havotir to'g'ri chiqdi

Farg'onada qariyb ikki hafta davom etgan “Viloyat hokimi kubogi” turniri finalida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi mezbonlarning “Neftchi” futbolchilariga qarshi maydonga tushdi.

Musobaqaning “V” guruhida qatnashgan navoiyliklar dastlab Quvasoyning “Cementchi” vakillari bilan (0:0) durang o'ynagan bo'lsa, keyingi turlarda “Neftchi-2” (2:1), “FarDU-Futbol-info” (3:1), “Qo'qon-1912-1” (3:2) va “O'zDongJU-2” (4:1) jamoalari ustidan zafar quchdilar.

Ammo mazkur uchrashuvlarni ayrimlarida o'yinni boshqarib borgan hakamlar xatti-harakatidan “Qizilqum” jamoasi azolarining ko'ngli to'lmagandi. Jumladan, “Neftchi-2” bilan kechgan bahsdan keyin bildirilgan etirozlar sababli ammo turnir tashkilotchilari asli farg'onalik, hozirda poytaxtda yashayotgan Olim To'ychiboevni musobaqaga taklif etishni maqul topdilar.

Aynan navoiyliklarning guruhda to'rtinchi turda “Qo'qon-1912-1” jamoasiga qarshi uchrashuvini To'ychiboev boshqarib bordi. Garchi, unda “Qizilqum” g'alaba qozongan bo'lsa-da, bosh hakam uchrashuvning oxirgi yigirma daqiqasida qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi.  SHundan so'ng, konchilar klubi rahbariyati poytaxtdan boshqa biror tajribali referini jalb etish bo'yicha tashkilotchilarga rasmiy taklif bilan chiqishgandi. Afsuski, mahalliy mutaxassislar yakunda baribir Olim To'ychiboevga ishonishda davom etishdi.

Yuqoridagi fikrlarni bejizga keltirmadik. Finalda navoiyliklarning xavotiri baribir to'g'ri bo'lib chiqdi. Garchi, “Viloyat hokimi kubogi” turniri jamoalar uchun yangi mavsum oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tagan bo'lsa-da, finalda hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan ayrim xatolar yakuniy natijaga salbiy tasir qilmay qolmadi. 

“Neftchi” jamoasini bosh sovrin bilan tabriklagan holda, turnir tashkilotchilariga bazi taklifimizni ham bildirib o'tmoqchiydik. Ayni paytda jamoalar bilan birgalikda mamlakatimiz oliy va birinchi liga hakamlari ham yig'inlarda ishtirok etishyapti. “Viloyat hokimi kubogi” turniri bahonasida bir guruh hakamlar Farg'onaga taklif etilganida olam guliston edi. Keyingi musobaqalarda tashkilotchilar ana shu jihatlarga ham etibor berishsa foydadan xoli bo'lmaydi. Zero, stadionga tashrif buyuradigan ko'psonli ishqibozlar nafaqat o'z jamoasining g'olib chiqishini, balki chiroyli va hujumkor futbol tomosha qilishni ham juda-juda istashadi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

“Viloyat hokimi kubogi” turniri

Final, 2016 yil 7 fevral

"Neftchi" (Farg'ona) - "Qizilqum" (Navoiy) - 1:0 (0:0).

Qirguli. “Neftchi” SK stadioni. 5000 tomoshabin

Hakamlar: Olim To'ychiboev, Rustam Tolibjonov, Qahramon Sobirov, Xurshid Meliqo'ziev. 

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov

Gol: SHukurali Po'latov (75-pen.)

"Neftchi": Adumavlon Abdujalilov, SHukurali Po'latov, Jahongir Mehmonov, Dilyorbek Ermatov, Ilhom Boydadaev, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, Alisher Samatov, Sardor Eminov, Damir Nizanov, Murod Bobojonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Qulmatov, Doston Tursunov, Muhsin Ubaydullaev, SHerzod Hakimov, Otabek Isroilov, Husniddin G'ofurov.

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Giorgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov, Alisher Yusupov, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov, Azizbek Usmonov, Ilhom Yunusov, Andrey Derkach.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Fayzulla Qambarov, Ruslan Vagapov, Alisher Xoliqov, Otabek Narzullaev.  

SHunday qilib, “Qizilqum” jamoasining 24 yanvarda Farg'onada boshlangan o'quv-mashg'ulot yig'ini poyoniga etdi. Rejaga ko'ra, konchilarga 8 fevralda qisqa muddatli tatil berildi. Jamoa azolari 12 fevraldan boshlab, Toshkentda so'nggi bosqich o'quv mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun yig'iladi. Mazkur yig'in doirasida oliy liga jamoalaridan 3-4 tasi bilan sinov-nazorat bahslari uyushtirish ko'zda tutilgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика