So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

Hokim kubogi. Bugun Yozyovonda ikkita o'yin bo'lib o'tdi Yangiliklar

Hokim kubogi. Bugun Yozyovonda ikkita o'yin bo'lib o'tdi

Teglar :  Hokim Kubogi
Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 2-turi doirasida “Rash-Milk” (SHahrixon) va “UzDong Yang Ko” (Andijon) jamoalari to'qnash kelishdi.

Bugun Yozyovon tumanidagi “Markaziy” stadionda Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 1-turi doirasida “Rash-Milk” (SHahrixon) va “UzDong Yang Ko” (Andijon) jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuv   shu kuni tarkibida Akmal Xolmatov, Mansur Saidov singari tajribali futbolchilar to'p surgan “Rash-Milk” jamoasining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.  
 
Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019”. “D” guruhi.
2-tur.
“Rash-Milk”-“UzDong Yang Ko ” – 3:0 (1:0)  
Hakamlar
: Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov.
Zahiradagi hakam: Axror Risqullaev
Nazoratchi – Baxtiyor Namozov.
Gollar: Ahror O'ktamov(1:0), Abdurasul Komilov (2:0), Komil Nizomov (3:0)  
“Rash-Milk”: Barakatulloh Isroilov, Quddus G'ulomov, Asrorbek Raxmonov, Ahror O'ktamov,  Abdurasul Komilov, Xabibullo Kabulov, Baxtiyor Qosimov, Bobur Mamajonov, Ozodbek Qahhorov, Muxammad Xusanov, Said Muxammadikov..  
Zaxira:, Javohir SHomurodov, Samandar Abduraximov, Muxammad Ubaydullaev, Komil Nizomov, Akmal Xolmatov,  Asliddin Abdumuxtorov, Komiljon Nizomov, Muxammadali Tursunov, Mansur Saidov.
"Uz Dong Yang Ko":  Jasur Sobirov, Javoxir Ortiqmirzaev, Azizbek Maxmudov, Sardor Marufjonov, Muxammadkarim Toirov,  Nuriddin Nuriddinov, Quvonchbek Keldiboev, Sardor Nozimbekov, Jahongir Maqsudov, Abdulaziz Azizullaev, Abduhalim Abdurahimov  
Zaxira: Izzatbek Abdulxonov, Jamshidbek Davronov, Ilxom G'ulomov, Said G'ulomjonov,, Islombek Nematov, Asadbek Abdujalilov, Eldor To'lanov,Halimjonov Paxlavon, M.O'lmasov  





Bugun Yozyovon tumanidagi “Markaziy” stadionda Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 2-turi doirasida “Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) va “Do'stlik” (Marg'ilon) jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuv harr ikki jamoaning faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limda har ikki jamoada raqib darvozasiga gol kiritish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalar daxlsiz qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida shu kuni Yozyovon “Markaziy” o'yingohiga tashrif buyurgan muxlislar 4 ta gol ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. Dastlab raqiblar darvozasiga belgilangan penaltini Bunyodbek Abdumannonov samarali yakunlab hisobni ochgan bo'lsa,  oradan bir oz o'tgach yozyovonliklar sardori Zoxidbek Ismoilov hisobni 2:0 ga etkazdi. Ikkinchi bo'lim so'ngi daqiqalarida mezbonlar raqib darvozasiga yana 2 ta gol kiritdilar. Jarima to'pidan etkazib berilgan to'pni Abdumalik Ismoilov bosh bilan raqib darvozasiga yo'llab hisobni yirik ko'rinishga keltirgan bo'lsa, qanot yarim himoyachisi Maqsadbek Ibragimov uzoq masofadan ajoib gol urib, hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

Uchrashuv shu tariqa yozyovonliklarning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

SHu kuni uchrashuv bosh hakami Olim Tolibjonov tomonidan Jamoliddin Qosimov bosh murabbiyligidagi ikki nafar “Do'stlik” jamoasi futbolchilariga qizil kartochka ko'rsatilganini alohida takidlash joiz.
 
Gollar: Bunyodbek Abdumannonov ( pen. 1:0), Zoxidbek Ismoilov (2:0), Abdumalik Ismoilov (3:0), Maqsadbek Ibragimov (4:0)    

Hakamlar: Olim To'ychiboev, SHoxruz Azamov, Ravshan Kopadze.
Zahiradagi hakam: Jasur Muxtorov


“Yozyovon-Lochinlari”: SHaxbozbek Madaminov, Xusanboy G'aniev, Karimberdi Mamadaliev, Mirzoxid Mirzamahmudov, SHaxboz Abduraxmonov (Abdumalik Ismoilov,), Bunyodbek Abdumannonov, Zoxidbek Ismoilov, Maqsadbek Ibragimov, Abdumutal Abduraxmonov, Asilbek Qayumov, Ozodbek Akbarov (Xumoyun Ismoilov).
Zaxira: Davlatbek Ikromjonov,  Obidjon Azizov, SHoxrux Mirzaev.
"Do'stlik":  Oyatillo Qoraboev, Akromxon Fozilxonov, Fayzullo Mamajonov, Bekzod Mirzomaxmudov, Amoriddin Saidov, Oyatillo Saidjalolov, Baxtiyor Mirzaahmedov, Toxir Karimov, Baxodir Qodirov,  Mo'minbek Mamurjonov, Mo'minjon Muxammadjonov  
Zaxira: Abdulaziz Xakimov, Aliakbar O'rinov, Saidafzalxon Axrorov, Muxammadyusuf Muxammadjonov, Nazirjon SHarofiddinov, Ro'zimuhammad Muxtorov, Abdullo Maxpurjonov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика