So’nggi yangiliklar

11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  15 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  20

Hikmat Hoshimovning o'g'li Abduqodir Husanov: "Yulduzlik kasaliga uchrashimga dadam yo'l qo'ymaydilar" Yangiliklar

Hikmat Hoshimovning o'g'li Abduqodir Husanov: "Yulduzlik kasaliga uchrashimga dadam yo'l qo'ymaydilar"

Belarus mamlakatining "Energetik-BGU" klubida o'ynayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida o'tgan hafta malumot bergandik.

Kuni kecha o'zbekistonlik himoyachi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Abduqodir Husanov futbolga kirib kelishini shunday esladi:

- Futbolga 5 yoshimdan qatnay boshlaganman. "Toshkuch" nomli jamoaga borardim. Bir yildan keyin "Bunyodkor" akademiyasiga qabul qilishgan. Akademiyaga amakim olib borgandilar. U erda Sergey CHigodaev, Akmal Risqullaev, Timur Babaxanov, Rinat Miftaxutdinov va Miraziz Mirzaahmedov kabi murabbiylar bilan birga ishladim.

- "Energetik-BGU"ga o'tish qanday sodir bo'ldi?

- Agentim chetdan variant bor deb aytdilar. O'zimni chetda sinab ko'rishni xohladim va Belarus klubiga o'tdim.

- Belarus mamlakatida til borasida muammoga duch kelmayapsizmi?

- Boshida kelganimda rus tilini tushunardim, ammo gapira olmasdim. Hozir esa bemalol gapiryapman va bu borada muammo yo'q.

- Hikmat Hoshimovning o'g'li bo'lish qiyin emasmi? SHu paytgacha futbolda otasidan foydalanganmi? Abduqodir bu savollarga mana bunday tarzda javob qaytardi:

- Dadamni uyaltirib qo'yishim kerak emas. Dadam o'zlaridanda kuchli futbolchi bo'lishimni, o'zlaridan yaxshiroq natijalar qayd etishimni xohlaydilar. Menga juda ko'p ko'rsatmalar beradilar. Eng ko'p aytadigan gaplari "Hamma narsaga o'zingni kuching bilan erish, mendan foydalanma.




- 18 yoshli futbolchi "Energetik-BGU"dagi ilk maoshini nimaga sarflagan?

- Belarus klubidagi ilk maoshimni ota-onamni tug'ilgan kunlariga sovg'a uchun tanishlar orqali yuborgandim.

- "Energetik-BGU" bosh murabbiyi Pavel Rodnyonok har bir o'yinda sizdan talab qiladi?

- Bosh murabbiyimiz umumiy ko'rsatmalar beradilar. SHaxsan o'zimga esa "o'zingga ishonch bilan o'ynagin, yakkakurashlarda yutqazma" deb aytadilar.

- Ayni paytda Ramazon oyi davom etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi futbolchilarning ro'za tutishiga qarshi emasmi?

- Yo'q, qarshi emas. Bu borada murabbiylar hech qanday cheklov qo'yishmagan.

- Ko'p muxlislar yosh futbolchilardan intervyu olmanglar deyishadi. Sabab ularni yulduzlik kasaliga uchrashidan qo'rqishadi. Ushbu intervyudan keyin Abduqodir Husanov yulduzlik kasaliga chalinmaydimi?

- Yo'q, yulduzlik kasaliga uchrashimga dadam yo'l qo'ymaydilar.

- So'nggi savolim biroz hazilomus: 29 fevralda tug'ilgan ekansiz. Bu har to'rt yilda keladigan sana. Tug'ilgan kuningizni qachon nishonlaysiz?

- 4 yilda bir marta (kuladi).


P.S. Tez orada "Energetik-BGU"da o'ynayotgan yana bir hamyurtimiz SHohruh Abdurahmonov bilan suhbatlashamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика