So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  38 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Hikmat Hoshimovning 18 yoshli o'g'li Belarus chempionatini "yondirmoqda" Yangiliklar

Hikmat Hoshimovning 18 yoshli o'g'li Belarus chempionatini "yondirmoqda"

O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov "Energetik-BGU" safida ko'plab gollar urayotganidan xabaringiz bor.

Ammo ushbu klub safida yana uch nafar hamyurtimiz o'ynayotganidanchi? Biri Samarqandning "Dinamo" klubining etakchisi bo'lgan SHohruh Abdurahmonov. Ikkinchisi 2004 yilda tug'ilgan himoyachi Abduqodir Husanov. Uchinchisi "Bunyodkor"dan Minskka ko'chib o'tgan yarim himoyachi Abbosbek Jumaqulov.

Etiboringizni 18 yoshli Abduqodir Husanovga qaratmoqchiman. 2004 yilning 29 fevral sanasida tavallud topgan Abduqodir "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U O'zbekiston Superligasida o'ynamay, legionerga aylana olgan futbolchi bugungi kunga kelib "Energetik"ning asosiy markaziy himoyachisi bo'lib ulgurdi. Abduqodir Bekobodning "Metallurg" klubi afsonalaridan biri bo'lgan Hikmat Hoshimovning farzandi hisoblanadi.

Instat malumotlariga ko'ra, Husanov 3ta o'yinda o'rtacha 205 ballga ega bo'lgan. U har bir bahsda o'rtacha 45ta pas bergan va bu paslarning aniqligi 81 foizni tashkil etgan. Albatta xatolari ham bor: o'rtacha bitta o'yinda 4 marta to'p yo'qotgan. Uchta turda Abduqodir 35 marta raqiblardan to'pni olib qo'ygan (o'rtacha bir o'yinda 12 marta). Kurashlarning 67 foizida g'olib chiqqan. Har o'yinda o'rtacha 7 martadan havodagi kurashda qatnashgan va 76 foizida raqiblardan ustunlikka erishgan.

Uchta turdan so'ng 205 ballga ega bo'lgan Abduqodir jamoasining eng yaxshi to'rtinchi futbolchisi bo'lib turibdi. Undan oldinda Bobir Abdixoliqov (225), Roman Papariga (219) va SHohruh Abdurahmonov (210) bormoqda.

Quyidagi videoda Abduqodirning 1-turda "Vitebsk" bilan o'yindagi harakatlarini tomosha qilish mumkin. 18 yoshli futbolchining xorij chempionatidagi debyut uchrashuvi mana shunday o'tdi.




Endi eslab ko'ringchi, Siz 18 yoshda qaerda edingiz?

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика