So’nggi yangiliklar

21:44Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан ишончли ғалаба, Роналдудан дубль!  0 21:13Туркия. Турғунбоев "Антальяспор" - "Сивасспор" баҳсини захирада бошлайди  0 20:47Ортиқхўжаев истаган "Пахтакор" шуми?  4 20:21"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши футболчиси ким бўлади?  30 20:11"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  6 19:57Родриго муддатидан аввал майдонга қайтади  0 19:40Ўзбекистоннинг ҳозирги терма жамоаси тарихдаги энг кучлисими? Сервер Жепаров жавоб берди  39 19:24"Энг зўр-2024". Аёллар футболи бўйича йилнинг энг яхши мураббийи, Ўзбекистоннинг энг яхши аёл футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди  2 18:58Флик Ямаль қачон майдонга қайтишини маълум қилди  0 18:30Беллингем: "Мбаппе ўзининг даражаси туфайли "Реал"да жуда катта босим остида"  35 18:08Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида "Чиғатой"ни мағлуб этди  0 17:50Ван Дейк "Реал"нинг қизиқишлари ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  5 17:26Умарали Раҳмоналиев: "Рубин" ЦСКАга жанг таклиф қилади"  1 16:59АПЛ ва Бундеслига клублари "Ипсвич" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:37Мессининг рафиқаси футболчининг туғилиб ўсган шаҳридаги деворий суратни кўрсатди  20

"Hayolimda futbol to'pi bo'lsa, qo'limda fotokamera edi". "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi kim? Yangiliklar

"Hayolimda futbol to'pi bo'lsa, qo'limda fotokamera edi". "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi kim?

Kecha "Barselona" Luis Enrike o'rnini "Atletik" sobiq ustozi Ernesto Valverde egallaganini elon qildi.

U aslida kim? Boshidan nimalarni o'tkazgan. Bu haqda shu maqolamizda o'qshingiz mumkin.


Baskoniya murabbiyi Xaver Klementening kichik qayig'i bo'lardi va mutaxassis uni "Txingurri" ("CHumoli") deb nomlagan. 22 yoshli Valverde "Sestao"dan "Espanol"ga kelganida, Klemente tezda yangi futbolchiga laqab topdi ("CHumoli"). "U ozg'in va bo'yi past edi, Messidan ham kichik - buning hayron qoladigan joyi yo'q. Bu laqab Ernestoga yoqmadi, biroq ushbu nom bir umr unga "yo'ldosh" bo'ldi".

Valverdening tana tuzilishi hech qachon unga maydonda halaqit qilmagan, aksincha. 1986 yil Segundadan Primeroga chiqqan hujumchi, "Espanol"da ikki ajoyib yilni o'tkazadi - birinchi mavsumda u bronza medalini qo'lga kiritadi, ikkinchisida esa jamoani tarixda ilk marotaba UEFA Kubogi finaliga olib chiqadi. O'shanda Valverde faoliyatidagi birinchi professional tragediyani boshidan o'tkazadi.

O'sha paytlarda final ikki uchrashuvdan iborat edi, "Espanol" "Bayer"ga qarshi uy o'yinida 3:0 hisobida g'alabaga erishadi, Valverde ikkita golli pas muallifiga aylangan. Ikki haftadan keyin javob uchrashuvi bo'lib o'tishi kerak edi. Bu kungacha Barselona shahrining oq-ko'k qismi birinchi evrokubok cho'ntakda deb o'ylardi. Bahsga bir necha kun qolganda Valverde mashg'ulotda jarohat oladi. U baribir jamoa bilan Germaniyaga uchadi va "Espanol" uning ko'z oldida ikkinchi bo'limdagi 20 daqiqa ichida 3 ta gol o'tkazib yuboradi. Bahs penaltilar seriyasigacha etib keldi. Ispanlar ilk ikki zarbani aniq amalga oshirishadi, ammo qolgan uchtasi esa besamar yakun topadi va UEFA Kubogi kutilganidek Ispaniyaga uchmaydi.

Klemente bu haqda "Murabbiy so'zi" kitobida eslab o'tgan: "O'shanda mag'lub bo'lishimizning yagona sababi - men Lauridsenva Valverdeni maydonga tushirmaganim deb hisoblashadi. Biz birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ikkinchisida esa sochilib ketdik... Nega bunday bo'lganini bilmayman. Uchrashuvdan oldin Ernestodan holati haqida so'radim, ammo u tizzasi og'riyotganini aytdi. U zo'rg'a yurardi, biroq odamlar u maydonga tushishi kerak edi deb aytaverishadi".

Mag'lubiyatga qaramasdan, Valverdening o'yini etiborga tushadi, "Espanol"ning moliyaviy muammolari tufayli jamoa Primeroni tark etishiga bir bahiya qoladi. Natijada "Espanol"ning ikki yorqin futbolchisi - Valverde va Mikel Solera Kroyffning "Barselona"siga o'tadi. Ularning "Barsa"dagi faoliyati juda yaxshi o'tdi deyish qiyin. Valverde ikki yildan so'ng, Bilbao jamoasiga o'tadi va "Atletik"da 90 yillar birinchi yarimining asosiy yulduzlaridan biriga aylanadi. Soler esa 7 ta mavsumda 6 ta jamoaga o'tadi, ammo ikkisi ham faoliyatini "Malorka"da yakunlashadi, biroq 6 yil farq bilan.


Valverdening Barselonadagi davri faqat futbol bilan bog'liq emas - u fotografiya Institutida o'qiydi va futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, professional suratkash bo'lishni rejalashtirib qo'yadi. Sport ustun kelganiga qaramasdan, u kamerani tashlab qo'ygani yo'q. Bazida turli jurnallarda uning ishlari chop etilardi: Stadionlar, jamoadoshlari, shaharlar suratlari. "Bu ikki ilhom manbai doim men bilan edi. Miyamda futbol to'pi bo'lsa, qo'limda fotokamera" - deydi Valverde. 2012 yilda Gvardioladan Valverdening "Olimpiakos"ni tark etishi haqida so'rashganida, Xosep shunday javob qaytargan: "Futbol olami buyuk murabbiydan ayrildi, ammo Ispaniya buyuk suratkashni o'ziga qaytardi". Aynan 2012 yilda Ernestoning birinchi foto kitobi sotuvga chiqdi - "Medio tiempo" ("Vaqt oralig'i"). Pep adashgan edi, futbol olami ajoyib murabbiydan ayrilmadi. Aksincha, Valverde endi tezlik ola boshlagan edi.

U "Atletik"ni shug'ullantira boshladi, "Espanol"da esa u klubni ikkinchi marotaba UEFA Kubogi finaliga olib chiqdi va yana o'sha tragediya takrorlandi. Durang, penaltilar seriyasi va Valverde jamoasi 4 ta imkoniyatdan bor-yo'g'i bitta gol uradi. Raqib esa "Sevilya" edi. Leverkuzen va Glazgodagi finallarni 19 yil ajratib turardi, ammo alam, og'riq berayotgan tizzani yodga solardi.

U "Espanol"dan so'ng "Vilyarreal" va "Valensiya"ni boshqardi. Vanihoyat u "Atletik"ka qaytdi. SHu yillar davomida Valverde uch marotaba "Barselona"ga o'tishi mumkin edi: Birinchi marotaba 2008 yil - Raykardning davri yakunlangandan so'ng, Ernesto nomi kengaytirilgan ro'yxatda bo'lgan; Ikkinchisi - Pep jamoani tark etganidan so'ng bo'lgan, biroq "Barsa" rahbariyati Tito Vilanovaga ishonch bildiradi; Nihoyat, uchinchi marotaba Valverde haqida 2014 yilning bahorida mish-mishlar paydo bo'ladi, biroq Ernesto "Atletik"ni 16 yildan so'ng CHempionlar ligasiga qaytargan edi! Qanday qilib ketish mumkin? Taqdirdan qochib qutilib bo'lmaydi. Ularning yo'li baribir tutashdi.


Valverde "Atletik"da o'zini chegaralangan byudjetda ishlaydigan, yoshlarga etibor qaratadigan va futbolchining obro'siga qaramaydigan murabbiy sifatida ko'rsatdi. Tajribali psixolog, tinchlikparvar, u jamoadagi emocional barqarorlikni tezda o'nglay oladi, aynan shu narsa so'nggi paytda "Barselona"ga etishmayotgan edi. Uni Kroyffning davomchisi deyishadi, buning ustiga, Yoxanning o'zi bir necha marotaba Kataloniya klubiga Ernestoni tavsiya etgan.

"Atletik" transfer siyosatining o'zgacha jihatlari Valverdening tanlash qobiliyatini ochdi va bu "Barsa"ga juda kerak, chunki jamoa o'tgan mavsum katta pulni havoga sovurdi.


Alohida mavzu - Valverdi va trio Suares-Messi-Neymar munosabatlari qanday bo'ladi? Bilbaoda Valverde afsona edi, shu sababli u Iraola va Benyatani bemalol zaxirada qoldirib yuborardi. Hozircha u Barselona yulduzlari uchun begona inson. Ammo uning jamoalari kreativ yarim himoya bilan hujumkor o'yin namoyish etadi, shu sababli "Barselona" o'z uslubidan voz kechmasligi haqiqatga yaqinroq.

Valverde faoliyati davomida ikki marotaba yirik sovrin yutishga yaqin kelgan, ammo ikki marta ham omad undan yuz o'girgan. Valverde 53 yoshda. G'alabali qadam tashlashning ayni vaqti. Uning qo'l ostida jahonning eng yaxshilari to'p tepadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика