"Havolanib ketmoqchi emasmiz" - Karrik MYUning "Arsenal"ga yetib olish imkoniyatlarini baholadi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2026, 16:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoasining joriy mavsumda APL peshqadami "Arsenal"ga yetib olish imkoniyati bor-yo'qligi haqidagi savolga ochiqchasiga javob qaytardi.

"Realist bo'lishimiz kerak"

Angliyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, jamoa hozirgi ketma-ket g'alabalardan sarxush bo'lib qolmasligi lozim:

"Eshiting, futbolda hech narsani istisno qilib bo'lmaydi, ammo biz realist bo'lishimiz kerak. Shunchaki o'yinlarda g'alaba qozonishda davom etishga harakat qilishimiz va yakunda nima bo'lishini kuzatishimiz lozim.

Bizdan oldinda ikkita fantastik jamoa bor. Atrofimizda ham bir nechta juda kuchli klublar joylashgan. Hozir bizda yaxshi seriya ketyapti, lekin havolanib ketmoqchi emasmiz. Sabrli bo'lish va bugungi kun bilan yashash kerak. Qaergacha yetib borishimizni vaqt ko'rsatadi. Oldinga intilishda davom etamiz", - dedi Karrik.

Murabbiyning bunday sovuqqon fikrlari jamoa ichidagi ortiqcha bosimni kamaytirishga qaratilgani ko'rinib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/sistoney67