So’nggi yangiliklar

11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  0 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  1 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  40 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  16 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  30 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  8 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  51 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1

Hamza Karimov: “Nasaf”dan norozi bo'lib ketmaganman" Yangiliklar

Hamza Karimov: “Nasaf”dan norozi bo'lib ketmaganman"

Qarshining “Nasaf” jamoasida faoliyat yuritib, jamoa yutuqlariga munosib hissa qo'shgan, tajribali himoyachi Hamza Karimovni vohalik futbol ishqibozlari yaxshi bilishadi.

Hamza Karimov 2016 yilgi mavsumdan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi safida to'p tepadigan bo'ldi.

Biz yaqinda Hamza Karimovning jarohatidan qutulib, yana safga qaytishi haqida eshitib, to'g'risi, xursand bo'ldik. Harholda Hamzaning vohamiz klublaridagi faoliyati, vohalik futbol ishqibozlarining doimo etirofida bo'lgan.

Bugun ayrim internet nashrlarida elon qilingan xabarlarda shu narsa tushuniladiki, guyoki Hamza Karimov  “Nasaf”dan xafa bo'lib, boshqa klubga o'tib ketgan va klub unga hech qanday yordam bermagan.

Ammo bizda bundan boshqacharoq malumotlar borligi, aniqrog'i Hamza Karimov jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga “o'zining o'rniga boshqa o'yinchi qidirishini, endi u jamoaga boshqa yordam qila olmasligini” aytgan. Bizningcha, bu futbolchining aqlli va to'g'ri qarori bo'lgan. CHunki, jamoada o'yinchilarga qo'yiladigan talablarni u yaxshi bilgan.

Biz shu haqda yanada aniqlik kiritish uchun,  Hamza Karimovning o'ziga murojaat qildik.

-Mening “Nasaf”dan ketishimga hech qanday xafachilik yoki norozichilik sabab bo'lmagan. “Nasaf”dagi faoliyatim, futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi davr bo'ldi, – deydi Hamza Karimov.

Biz yana shuni aniq bilamizki, “Nasaf” klubi hech bir o'yinchini hech qachon og'ir ahvolga tashlab qo'ygan emas.  Bizningcha, bundan keyin ham shunday bo'ladi.

Ammo bizni taajubga solgan holat shuki, “Nasaf” klubi  bilan sobiq o'yinchisi o'rtasida suniy  kelishmovchilikni o'ylab topish,  kimga naf-u, kimga zararligini tushunmadik.

Renat Ernazarov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика