So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Hamidjon Aktamov: “1-turda safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'ynashni istamasdik” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “1-turda safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'ynashni istamasdik”

Vanihoyat, O'zbekiston XXIV milliy chempionati oliy liga o'yinlariga qura tashlandi. Kutilganidek, unda o'n olti jamoa o'zaro bahs yuritadigan bo'ldi.
O'zbekiston futbol federaciyasida o'tkazilgan qura tashlash marosimidan so'ng, jamoalar o'z raqiblari va uchrashuvlar sanalarini bilib oldilar. Qura taassurotlari xususida “Qizilqum” professional futbol klubi Ijrochi direktori Hamidjon Aktamovning  fikri bilan qiziqdik.

-  Jamoamiz uchun qura omadli yoki omadsiz keldi, demoqchimasman, - deydi Hamidjon G'ulomovich.  - Agar o'tgan yilgi taqvim bilan amaldagisini solishtirsangiz juda bir-biriga o'xshab ketadi. O'tgan yili birinchi va uchinchi turlarda Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari bilan safarda o'ynagandik. Yangi mavsumda ular bilan ikkinchi va to'rtinchi turlarda o'zaro ro'baro' kelamiz. Ular bilan bu gal safarda emas, o'z maydonimizda o'ynaymiz. Umuman aytganda, kim bilan o'ynashimizning ahamiyati yo'q. CHunki mavsum davomida barcha raqib bilan kuch sinashamiz baribir. Faqatgina dastlabki turda safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'ynash yoqimsiz. CHunki o'tgan mavsumning oxirgi o'yinini Zominda mutlaqo nobop maydonda qor aralash yomg'ir ostida jizzaxliklarga qarshi o'tkazgandik. Erta bahorda menimcha bu maydon hali optimal holatiga kelib ulgurmagan bo'ladi. Malumotlarga qaraganda, “So'g'diyona” yangi mavsumni qayta rekonstrukciya qilingan Jizzaxdagi stadionda o'tkazishi ham mumkin ekan. Agar bizdagi iqlimni hisobga olib aytadigan bo'lsak, tabiiy maydonlarimiz holati aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab tayyor holatga keladi. SHu bois, jamoamiz azolari PFLga dastlabki turni Navoiyda o'tkazish taklifini bildirish niyatida. Hali chempionat boshlanguniga qadar ancha fursat bor. Bu haqda klubdagilar bilan yana fikrlashib ko'ramiz.

- Hozir esa mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish haqida o'ylagan maqul. Yakunlanayotgan yilda o'z muxlislarimizga kutilgan natijalarni taqdim eta olmaganimizdan xijolatdamiz. SHu bois, yangi mavsumdan umidimiz katta. Navbatdagi chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishni ko'zlaganmiz. Bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani uchun Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy kon metallurgiya kombinati, “Navoiycement” OAJga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика