So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  5 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Hamidjon Aktamov "Buxoro" bilan durangdan so'ng: "Ikki ochkodan quruq qoldik" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov "Buxoro" bilan durangdan so'ng: "Ikki ochkodan quruq qoldik"

"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham yaxshi harakat qildi. Uchrashuvda "Buxoro" ham, biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bugun ko'proq biz yutishni istagandik. Ikki ochkodan quruq qoldik. Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. 

Bizni uzoqdan kelib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. O'z navbatida buxorolik muxlislardan ham minnatdorman. Yomg'ir yoqqaniga qaramay, stadionda futbol havosini saqlab turishdi. "Buxoro"ga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman. 

Maydon biz uchun noqulaylik tug'dirdi. Tushunaman, yangi maydonda ilk marotaba o'yin bo'ldi. Baribir, maydonni tekislab qo'yish lozim. Bu har ikki jamoaga ham halal berdi. 

So'nggi daqiqalardagi o'zgarish? Elgujaning sog'lig'ida muammolar bor edi. Harorati ko'tarilgan bo'lsada, maydonga tushishini o'zi iltimos qildi. U shunday holatda ham o'ynadi. Biroq, ozgina qiynalib qoldi. SHuning uchun uni o'zgartirdim. Birinchi bo'limdagi o'zgarishga keladigan bo'lsak, reglamentga binoan biz maydonga yosh futbolchini tushirishimiz kerak edi", - deb fikrlarga yakun yasadi Hamidjon Aktamov.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика