Hakim Fuzaylov: "Oxirgi tur o'yinlarida yigitlar yomon harakat qilishmayapti"
26 iyu 2024 22:18
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Oxirgi tur o'yinlarida yigitlar yomon harakat qilishmayapti"
O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Tayyorgarlik ko'rdik, birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham vaziyatlarimiz bo'ldi. Bilasizmi, bu kabi o'yinlarda ko'p gol bo'lishi ham mumkin, yoki umuman hisob ochilmasligi ham. Harakat qildik, biroq gol ura olmadik. Teng darajadagi uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman.
- Jamoangiz durang natija qayd etdi. Xorazmlik muxlislar jamoadan ko'prog'ini kutishayotgani aniq. Vaziyatni qanday baholaysiz?
- Oxirgi tur o'yinlarida jamoamiz yomon harakat qilayotgani yo'q, buni barcha ko'rib turibdi. Biz natijalarni yaxshilashga intilayapmiz. Oldimizda xato va kamchiliklarni tahlil qilib olishga fursat bor.
- "Aral" jamoasi haqida fikringiz?
- "Aral" yaxshi jamoa, tarkibida yosh iqtidorlar ko'p. Yana bu jamoada tajribali futbolchilar ham bor, masalan jamoa sardori Obid Jo'raboevni yaxshi taniyman. Keyin Azam Alievni ham alohida aytib o'tsa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar