So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Hakim Fuzaylov: "Buxoro" qariyb 3 yildan buyon o'z maydonida o'ynamayotgan ekan..." Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Buxoro" qariyb 3 yildan buyon o'z maydonida o'ynamayotgan ekan..."

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Metallurg" (1:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Haqiqiy O'zbekiston kubogi bahsi guvohiga aylandik. Kurashlarga boy o'yin bo'lib o'tdi. Har ikki jamoa birinchi turda o'zi kutgan natijaga erisha olmagandi. Umuman olganda, o'yindagi ustunlik biz tarafda edi. Kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan yigitlarga imkon berishga harakat qildik. Endi "Bunyodkor" va "Surxon" o'rtasidagi uchrashuv natijasini kutamiz. 

- "Buxoro" "Surxon"ga qarshi o'yinda penaltidan gol o'tkazgandi, bugun ham shundan pand edi. Aynan ikki o'yindan buyon penaltidan to'p o'tkazib yuborish borasida qanday fikrdasiz?

- Fikrimcha, "Surxon" bilan uchrashuvda penalti yo'q edi. Etiborsizlikka yo'l qo'yganimiz bois shunaqasi ham bo'lib turadi. Bugun ham qoidani buzdik va 11 metrlik belgilandi. Hech qanday muammo yo'q.

- So'nggi turda "Bunyodkor" bilan o'ynaysizlar. Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Ko'ramiz, hozir 1 ochkoga egamiz. Ertangi o'yindan so'ng hammasini bilib olamiz. 

- Sobit Sindarovni almashtirganingizdan keyin u to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l olmoqchi bo'ldi, biroq uni qaytardingiz. Sindarovning o'yini va almashtirilishi xususida gapirsangiz...

- Sobit Sindarov juda yaxshi o'ynadi. O'yin bo'yicha unga etiroz yo'q. Ko'p futbolchilarga imkoniyat taqdim qilish va Sindarovga dam berish uchun shunday yo'l tutdim.

- "Buxoro" 1 ochko ishladimi yoki 2 ochko yo'qotdimi?

- 1 ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Albatta, hali o'yinni batafsil ko'rib chiqish kerak, ammo hozircha 2 ochko yo'qotdik degan fikrdaman.

- Katta tanaffusdan so'ng "Buxoro" o'z maydoniga qaytishi haqida malumotlar elon qilindi. Bu haqda taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Men kecha stadionda bo'ldim. Menga maydon tayyor ekanligini aytishmoqda. Ammo stadion maysasiga javobgar mutaxassislar ozgina kutish kerakligini so'rashdi. 29 aprel kuni "Xorazm" bilan o'ynashimiz mumkinligi borasida vada berishdi. Qariyb 3 yildan buyon o'z maydonimizda o'ynamayotgan ekanmiz, bu muxlislar uchun ham katta bayramga aylanib ketsa kerak. Albatta, bu yoqimli xabar.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика