Hakim Fuzaylov: "Abramovni shaxsan bilganim uchun aytishim mumkinki, "Dinamo" syurpriz ko'rsata oladi"
15 okt 2023 13:27
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Abramovni shaxsan bilganim uchun aytishim mumkinki, "Dinamo" syurpriz ko'rsata oladi"
Xo'sh, murabbiy hozirda nimalar bilan band? SHu va boshqa savollar bilan Hakim Fuzaylovga yuzlandik.
- Hakim Qayumovich "Buxoro"ni tark etganingizdan so'ng nima bilan mashg'ul bo'ldingiz? Qaysi jamoalardan takliflar bo'ldi?
- Birinchi navbatda sog'lig'imni tiklab oldim. Hordi chiqarish barobarida futbol o'yinlarini tomosha qildim. Takliflar O'zbekiston va boshqa mamlakatlardan bo'ldi. Bu chorlovlar haqida hozir gapirishning mavridi emas. CHunki takliflarni rad qilib bo'lganman.
- "Buxoro"dan istefoga chiqarilishingiz o'shanda qanchalik adolatli bo'lgandi? Murabbiy o'zgardi. Klub esa qiyin vaziyatdan chiqib keta olgani yo'q...
- Bu mening qarorim. Asosiy muammo sog'lig'imda bo'ldi, deya olaman. Bosim yuqori edi.
- Klubning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Oldinda yana 6ta o'yin qoldi. Barchasi jamoaning o'z qo'lida. "Buxoro"da Superligada qolish uchun imkoniyat bor.

- Sizningcha, Pro ligadan Superligaga chiqqan jamoalarga nima etishmayapti?
- Ishonch yo'qligi va jamoaviy o'yin etishmayapti.
- Bu selekciya jarayonlariga ham bog'liqmi?
- Albatta. Bu omil ham tasir qiladi. Klubda selekciya yil davomida va to'xtovsiz davom etishi kerak.
- "Dinamo" Vadim Abramov boshchiligida Superligaga qaytdi. Samarqand jamoasidan Superligada nima kutyapsiz?
- Vadim Abramovni shaxsan bilganim uchun aytishim mumkinki, "Dinamo" syurpriz ko'rsata oladi. Keyingi mavsumda "Dinamo"dan chiroyli va ishonchli o'yin kutaman.

- Superligada qaysi murabbiyning ishini yuqori baholay olasiz? Qaysi jamoada murabbiy imzosi ko'rinyapti?
- Bu borada ko'plab murabbiylarni sanab o'tishim mumkin. CHunki ularning qanday ishlashini bilaman. Bu yil esa Berdiev, Levchenko, SHackix, Babayan, Qosimov va Kapadzening ishini alohida aytishim joiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar