So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  58 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Hakim Fuzaylov: Lokomotivni Suyunov, Parvanov va Usmonxo'jaev tark etdi Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: Lokomotivni Suyunov, Parvanov va Usmonxo'jaev tark etdi

Joriy mavsum o'z tarixida birinchi marta kumush medalga sazovor bo'lgan Lokomotiv klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni birinchilar qatorida boshlab yubordi.
Jamoa eng avvalo selekciya jarayonini muvaffaqiyatli o'tkazishga alohida etibor qaratmoqda. Ko'plab jamoalar o'tgan mavsumni sarhisob qilishga ulgurmay turib temiryo'lchilar o'z tarkibiga birin-ketin Lutfullo To'raev, Jasur Hasanov, Anvar G'ofurov va nihoyat kuni kecha Ignatiy Nesterov kabi tajribali futbolchilarni qo'shib olishdi. Ertadan jamoa azolari klub bazasiga yig'ilishadi va mavsumoldi tayyorgarliklarini boshlab yuboradi. Darvoqe, kuni kecha Kuala-Lumpurda Osiyo CHempionlar ligasi-2014 bahslariga qura tashlandi va Lokomotivning ushbu musobaqadagi potencial raqiblari aniqlab olindi. SHu munosabat bilan jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylov klub rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi.

- Hakim Qayumovich, OCHL-2014 bahslariga qura jarayonini qanday baholaysiz? Qura Lokomotivga kutilgan raqiblarni taqdim etdimi?
- Qura tashlash marosimidan oldin jamoamiz saralash bahslarining ilk bosqichidan ozod etilishi va ikkinchi bosqichda Quvayt yoki Iroq vakillari bilan to'qnash kelishi taxmin qilinayotgan edi va amalda ham shunday bo'lib chiqdi. Yakuniy bosqichda katta ehtimol bilan Qatarning Lahviya jamoasiga qarshi to'p sursak kerak, agarda ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'ta olsak. Qisqasi, qura bizga kutilgan raqiblarni taqdim etdi. Buyog'iga mashg'ulotlarga zo'r berib, saralashdan muvaffaqiyatli o'tib olish va Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichida to'p surishga harakat qilamiz.

- Raqiblarni o'rganish qanday ketmoqda?
- Yuqorida aytganimdek, biz taxminiy raqiblarimizni bilardik va har ehtimolga qarshi ular haqida malumotlar to'plashni boshlab yuborganmiz.Raqiblar aniq bo'ldi va endi ularning o'yinlari videoyozuvi tushirilgan disklarni topishga va yaxshiroq o'rganishga harakat qilamiz.

- Mavsumoldi tayyorgarligining dastlabki rejasiga ko'ra Lokomotiv ikkinchi xorij yig'inini Turkiyada o'tkazishni rejalashtirgan edi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda tayyorgarlik rejasiga o'zgarish kiritiladimi?
- Albatta. OCHL-2014 saralash bahslari taqvimi rejamizni o'zgartirishga majbur qildi. Endi jamoa Turkiyaga bormaydi. 11-25 yanvar kunlari BAAda yig'in tashkil qilamiz. Keyin Toshkentga qaytib 8 fevraldagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Nasib etsa so'nggi bosqichga chiqsak, 15 fevral kuni safarda to'p surishimizga to'g'ri keladi. Oraliq tanaffus juda qisqa bo'lgani sababli xorijda yig'in tashkil etishning imkoni yo'q.

- Jamoa o'z safiga to'rt nafar futbolchini qo'shib oldi. Selekciya ishlari yakuniga etdi, deyish mumkinmi?
- Yo'q, hali selekciya davom etadi. SHunday ekan, jamoamiz safida yangilar paydo bo'lishi mumkin. Ammo, selekciya jarayonini yil oxirigacha yakunlab, yangi yildan to'liq tarkib bilan tayyorgarlik ko'rmoqchimiz.

- O'z navbatida jamoani tark etadigan futbolchilarga ham to'xtalib o'tsangiz.
- Jamoamiz o'z safini bir qator yangi futbolchilar bilan to'ldirgach tabiiyki zahirada qolib ketayotgan ayrim o'yinchilar bilan xayrlashamiz. Lokomotivni Ilxom Suyunov, Artur Parvanov hamda Sobir Usmonxo'jaevlar tark etishadi. SHuningdek, katta ehtimol bilan va biz istamasakda jamoani Islom To'xtaxo'jaev hamda Ivan Nagaevlar ham tark etishi mumkin. Bu ikki futbolchimiz bilan xorij klublari jiddiy qiziqishmoqda.

- Jamoaning so'nggi xaridiga aylangan Nesterov faqat fevral oyiga kelib umumiy guruhda shug'ullanishni boshlashi mumkin. Tabiiyki u OCHLning pley-off bosqichida jamoaga yordam bera olmaydi. Bu o'yinlarda Lokomotiv qaysi darvozabonlar xizmatiga tayanadi?
- Jamoada Temur G'aniev va umidli yoshlardan biri Sarvar Karimov kabi darvozabonlar bor. Ularga imkoniyat beramiz. Qolaversa, selekciya jarayonida tarkibimizga yana bitta mahalliy darvozabon qo'shib olishga harakat qilamiz.

O.Eshmamatov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика