So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

Hakamlar markazi direktori bilan EKSKLYUZIV INTERVYU Yangiliklar

Hakamlar markazi direktori bilan EKSKLYUZIV INTERVYU

O'zbekiston futbol hakamlari markazining yangi direktori ilk bor katta intervyu berdi.

Bugun Laziz Qo'chqorovdan o'zimizni qiziqtirgan bir qancha savollarga javob oldik.

— Laziz aka, hakamlar departamenti O'FA qoshida faoliyat yuritar edi. Markaz "CHig'atoy" sport majmuasiga ko'chganidan bugun xabar topdi. Bu erga ko'chganingizga ancha bo'ldimi?

— Bu O'zFHMning oldingi rahbari Erkin Baxtiyorovning g'oyasi edi. Biz uning ishini oxiriga etkazib, markazni "CHig'atoy"ga ko'chirdik. Bir oydirki, shu erda faoliyat yuritib kelyapmiz.

— PFLdan hakamlar markaziga o'tganingizga ko'p bo'lmadi. Lekin bazi hamkasblarimizda Laziz Qo'chqorov OAVdan qochayotgani to'g'risidagi tasavvur paydo bo'lib ulgurgan. Rostan ham barcha intervyularni rad qilyapsizmi? 

— Agar bu gapda jon bo'lsa, hozir sizning qarshingizda o'tirmasdim-ku (kuladi). O'zingiz ham bilasiz, telefonim 24 soat ochiq. Istalgan savolga javob berib kelyapman. Faqat bir narsani tushunishingiz kerak. Men ish grafigimni kimningdir rejalariga qarab tuza olmayman. 

Masalan, bugun 21:00 da meni intervyuga chaqirishdi. Ammo Pro ligada ham, Superligada ham o'yinlar bor. Yaypan va Bekoboddagi bahslar 19:00 da start oladi. Uchrashuv yakunlanishi bilan undagi vaziyatlarni tahlil qilib chiqishimiz kerak. Siz qanday fikrdasiz, asosiy ishim turgan paytda televideniega borib efirga chiqishim kerakmi?

Aslida ishda qandaydir natija ko'rsatmasdan, ommaning etiborini o'zimga qaratishni ham istamayman. Bo'lmasa, kamera oldiga o'tirib olib gapirishdan osoni yo'q. Ammo hozir egallab turgan o'rnim jamoatchilik, jurnalistlar bilan doimiy aloqada bo'lishni talab qiladi. SHu tufayli hech kimni rad qilganim yo'q. Faqat yuqorida aytganimdek, bizdagi vaziyatni ham ozgina tushunish kerak. Eshigimiz esa barchaga ochiq.

— Bahsli vaziyatlarni tahlil qiladigan ekspertlar komissiyasiga kimlar kiritilgan?

— Bu borada sizga chuqurroq tushuntirish berishim kerak. Bilasizmi, komissiya o'z vaqtida noto'g'ri tuzilgan ekan. Yani, O'FA qoshida tashkil etilgan Hakamlar qo'mitasi tarkibidagi 5 kishi (Haydarov, Ceytlin, Kovalenko, Dachev, Popov — tahr.) ayni paytda komissiyani ham shakllantirgan.

Bu noto'g'ri. Biz O'zFHM qoshida komissiyani boshqattan tashkil qilyapmiz. Hozir nizom ishlab chiqildi, tez orada tasdiqlanishi kerak. Ungacha bahsli epizodlarni qo'mita azolari ko'rib turishadi.

Ekspertlar komissiyasini yangidan tashkil qilish bizga nima beradi? Nizom tasdiqlanishi bilan klublarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar orasida kichik saylov o'tkaziladi. Ular orasidan 1 nafar mutaxassis komissiya azoligiga saylanadi. SHuningdek, futbolchilar orasidan 1 kishi olish haqida o'ylagan edik. O'yinchilarning soni juda ham ko'pligi tufayli ularning nomidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi qatnashsa yaxshiroq bo'ladi, menimcha. 

SHu o'rinda yana bir savol paydo bo'ladi: futbolchi va murabbiylarning ekspertlar komissiyasida nima ishi bor? Ular maydonda yugurayotgan o'yinchi nimalarni o'ylayotganini yaxshiroq bilishadi. SHu jihatdan ancha foydali bo'lishini kutyapmiz. Asosiy maqsad esa komissiya ishidagi shaffoflikni taminlash.

Bundan tashqari, bir nafar tajribali xorijlik mutaxassis ham taklif qilinadi.

— Bizda ko'pchilik laynsmenlar (qanot hakamlari) gonorarining kamligidan noliydi. Bu masalani ham o'rganyapsizmi?

— Menga birinchi kunning o'zidayoq bir necha hakam taklif va etirozlarini bildirgan edi. Hozir bu masala bo'yicha ishlayapmiz. Aniqroq aytsam, kattaroq homiy qidiryapmiz. CHunki O'zFHMning smetasi yil avvalida tasdiqlangan, undan tashqariga chiqib ketolmaymiz. SHu tufayli futbolga kirishga ulgurmagan katta kompaniyalarga taklif bilan chiqyapmiz.

Agar homiy topa olsak, shu yilning o'zidayoq qanot hakamlari va ayollar futbolida ishlaydigan arbitrlarning gonorari ko'tariladi. Agar ilojini topa olmasak, kelasi yil boshida bu masalada O'FA va O'zPFL rahbariyati bilan gaplashib olamiz.

— O'zi hakamlar markazi qanday moliyalashtiriladi?

— Yil boshida shakllantirilgan smetaning 80 foizi O'zPFL, 20 foizi O'FA tomonidan qoplab beriladi.

— Fevral oyida qirg'iz hakamlari Turkiyada yig'in o'tkazdi. Mahalliy referilarimiz ham yangi mavsumga tayyorgarlikni xorijda olib borishni xohlashadi. Kelasi yillar uchun shunday reja bormi?

— Qish kelishi bilan Antaliyada ko'plab jamoalar yig'iladi. Masalan, joriy yil 12 ta o'zbek klubi tayyorgarlik yig'inlarini shu shaharda o'tkazishdi. Bu o'rtoqlik o'yinlari ko'p bo'lishini bildiradi. Referi tanaffus mahali qancha ko'p nazorat o'yinlarida qatnashsa, formaga kirib olishi shuncha oson bo'ladi. Buni biz ham tushunamiz. Ammo yuqorida aytganimdek hamma narsa moliyaviy tomonga borib taqaladi. Imkon topsak, albatta, xorij yig'ini ham bo'ladi.

— Hakamlar orasidagi "klanlar" haqida norasmiy joylarda ko'p gapiriladi. Siz allaqachon ularning ichidasiz. Haqiqatan ham ichkarida qandaydir guruhlar bormi?

— Tan olish kerak, bo'linish bor. Kelganim kunim bu holat tugashi kerakligini aytgandim. Rivojlanishni istasak, hammamiz ahillikda harakat qilishimiz kerak. Oqni oq, qorani qora demasak, bir qadam ham oldinga siljimaymiz.

Hozir muhit ancha yaxshilanib qoldi. SHu prinsip bilan davom etsak, kuchli hakamlar ko'payadi.

— Bazi referilar o'zaro suhbatlarimizda mashg'ulot maydonlari yo'qligidan nolishardi...

— Toshkentlik hakamlar bo'lsa kerak. CHunki viloyatdagilar bu borada etiroz bildirmayapti. 

Bu muammoga biz normativ testlar paytida duch keldik. SHundan keyin ularga "CHig'atoy" maydonida haftada 3 kun malum grafik asosida shug'ullanish imkoniyatini yaratib berdik. Ayni paytda 15 nafar hakam shu erda tayyorlanyapti.

— Anchadan beri gapirilayotgan, lekin yana pulga taqaladigan muammo — hakamlar maktabi qayta ochiladimi?

— Bu bo'yicha ish boshlangan. Hozircha yosh hakamlarni chiqarish uchun viloyat associaciyalariga masul shaxslarni biriktirib qo'yganmiz. Aniqroq aytsak, yosh hakamlarga FIFA, OFK instruktorlari muntazam dars o'tadi, o'yinlarini ko'radi, ular ishlaydigan musobaqalarni kuzatadi. 

Biz xohlayotgan narsa esa OFK akademiyasiga o'xshagan maktab shakllantirish. U erda 4 yil o'qiladi. O'qish har yil 2 marta offlayn shaklda bo'ladi. Yilning qolgan qismida esa darslar onlayn bo'ladi. Xullas, shunaqa tizimni yo'lga qo'ymoqchimiz. Rahbariyat qo'llab quvvatlasa, bu narsa amalga oshadi.

— SHuningdek, hakamlikka o'qitish rus tilida olib borilishi bo'yicha ham ko'p joyda etirozlarni eshitganmiz...

— IFABning o'yin qoidalari kitobini allaqachon o'zbekchaga o'girib bo'ldik. Uni allqachon FIFAga yuborganmiz. Ruxsat berilishi bilan hakamlarga tarqatamiz. 

Bo'lajak imtihonlarda o'zbek tili ham bo'ladi. Bundan tashqari, O'zFHM ish yuritadigan hujjatlarning 80 foizi o'zbek tiliga o'tkazildi.

— Markazda faoliyat boshlaganizga deyarli 2 oy bo'ldi. Qaysidir jamoalar o'yindan keyin rasmiy protest ham yozdimi?

— Bir marta bo'ldi. "Paxtakor" Jizzaxdagi o'yindan keyin protest bildirdi.

— Qaysi vaziyatlarga etiroz bildirilgan?

— Qizil kartochka (Hamrobekovga ko'rsatilgan — tahr.) va xronometraj masalasida. Ularga allaqachon rasmiy javob qaytardik.

Ekspertlar fikriga ko'ra, chetlatish to'g'ri qaror bo'lgan. Xronometraj masalasiga etibor qaratsangiz, hakam asosiy vaqtga 7 daqiqa qo'shib berdi. Bu muddatning 3 daqiqayu 20 soniyasi "Paxtakor" futbolchilarining maydonda yotish bilan o'tib ketadi. Penalti belgilangan epizod esa 98-daqiqaning 20-soniyasida ro'y berdi...

"Paxtakor" rasmiylari shu erga kelishdi. Ularga har 2 vaziyat tushuntirildi. Va Agishevning qarorlari to'g'riligini tan olib ketishdi. 

— Mahallik hakamlar bilan gaplashganimda bazi nazoratchilar ballarni suniy ravishda ko'tarib yoki tushirib qo'yishini aytishgandi. Bu masalani o'rganyapsizmi?

— Ha, qachonlardir shunaqa holatlar bo'lgan. Biz nazoratchilarning o'zini ham tekshiradigan bosqichga o'tdik. Masalan, "Qo'qon-1912" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yinda Temur To'xtasinov "Neftchi" posboni Evgeniy Konyuxovni maydondan chetlatishi kerak edi. Bu vaziyatni VAR ham offsaydga chalg'ib, o'tkazib yuborgan. O'yin nazoratchisi (Mamur Saidqosimov — tahr.) esa ularga yuqori baho qo'ygan. Ekspertlar tahlilidan keyin hakamlarning bahosi pasaytirildi. Instruktorga nisbatan tegishli chora ko'rildi.

— Nega bahsli vaziyatlar tahlili O'zFHM kanalida berib borilmayapti?

— Sababi oddiy. Hozircha o'yin hisobiga tasir qiladigan jiddiy xatolar deyarli bo'lmayapti. SHunaqa katta xatolar bo'lsa, albatta, ommaga taqdim qilinadi.

Siz xohlayotgandek, muxlislar etiroz bildirgan har bir epizod tahlilini kanalda berib borsak, odamlarda markaz hakamlarni oqlab beryapti degan qarash paydo bo'ladi. Bu bizning zararimizga ishlashi aniq. Vaholanki, ekspertlar tahlili xolis bo'ladi.

Ammo o'zimizning kanalda chiqmasa ham, istalgan jurnalist yoki klub vakili uchun har doim ochiqmiz. Istalgan paytda istalgan vaziyat bo'yicha xulosa olishlari mumkin. Masalan, siz bir necha marta qo'ng'iroq qilib so'radingiz. Muammo bo'ldimi?

— Hakam bo'lmay turib, ularga rahbarlik qilyapsiz. Bu qanchalik to'g'ri?

— Judayam qiziq savol shu. Aslida sababini hamma biladi. Bevosita savolga kelsak...

Birinchidan, menga rahbariyat ishonch bildirdi. Ularning ishonchi oqlash uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman. Tabiatim shunaqa. 

Ikkinchidan, uzoq yillik hakamlik tajribasi lozim bo'ladigan vaziyatlarda men qaror chiqarmayman. Umuman olganda, istalgan hakamni qo'ysangiz ham, shunday vaziyatlarda direktor emas, ekspertlar qarori hal qiluvchi bo'ladi.

Mening vazifam markaz faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish va kimlardir o'ng yoki chap tomonga og'ib ketishining oldini olish.

— Futbol klublarining orqasida katta tadbirkorlar yoki siyosiy kuchlar bo'ladi. Aniq bilaman, ularning ayrimlari o'yindan oldin hakamlarga bosim o'tkazishga harakat qilishadi. Kimlardir sizga tasir o'tkazishga urinyaptimi?

— Men futbol olamida bugun paydo bo'lib qolganim yo'q. Ko'pchlik taniydi va prinsiplarim haqida biladi. SHunga bo'lsa kerak, hech kim bosim qilmayapti. Agar shunaqa holat yuz bersa, qanday hal qilishni ham yaxshi bilaman. 

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика