So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  0 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  13 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Hakamlar bitta o'yin uchun qancha olishadi? Yangiliklar

Hakamlar bitta o'yin uchun qancha olishadi?

Pul - odamzod uchun eng qiziq narsa, ayniqsa birovlarning cho'ntagidagisi.

Xususan, umrida biror marta 90 daqiqalik futbol bahsini to'liq tomosha qilmagan kishi ham unda aylanayotgan raqamlarga befarq emas. Stadion tashqarisidagilarni o'ylagan "Championat.asia" har doim uning ichidagi "sekret"larni ommaga oshkor qilish harakatida bo'lgan. Bugun ham yashil maydondagi eng kuchli figura — referilarning daromadlari to'g'risida malumot beramiz.

Ayni paytda Superliga uchrashuvlarida ishlaydigan bosh hakam bitta o'yin uchun 6 mln so'm miqdorida gonorar oladi. Uning yordamchilari esa 3 baravar kamroq mablag'ga ega bo'lishadi.

Malumot uchun, shu yilning 23 martida o'zbek referilarining daromadi haqida yozgandik. O'shanda bosh hakamning 90 daqiqalik mehnati uchun 3,5 mln so'm to'lanishi aytilgan. CHempionatimizning 2020 yilgi mavsumida bu raqam 3 mln.ni tashkil qilardi. 1 yil ichida referilar gonorarining karrasiga ko'payishi tahsinga sazovor, albatta. Rahbarlar kelasi yildan "layncmen"lar daromadini ham oshirishni reja qilmoqda.

SHuningdek, o'zbek referilari muntazam ravishda xalqaro o'yinlarda ham ishlab kelishmoqda. Ammo FIFA va OFKning hakamlarga haq to'lash shakli biroz farqli. Ular gonorarni o'yin uchun emas, kunlik to'laydi (sutochnyy). Xalqaro uchrashuvda ishlaydigan hakam o'yindan 2 kun oldin o'sha shaharga etib kelishi kerak. O'yin kuni va uning ertasi uchun ham gonorar yoziladi. Yani umumiy 4 kun bo'ladi.

OFKning "sutochnyy" to'lovi bosh hakam va uning yordamchilariga 300$, komissar hamda inspektor uchun 200$ ga teng.

FIFAda esa raqamlar biroz ko'tariladi:

Bosh hakam — 500$;

Yordamchi hakamlar — 350$;

Komissar va inspektor — 250$.

Aniqroq qilib aytsak, FIFA musobaqasidagi 1 o'yinni boshqarganligi uchun referiga odatda 2000$, OFK darajasidagi uchrashuvlar uchun 1200$ to'lanadi.

Ushbu material tayyorlanishida amaliy ko'mak bergan Erkin Baxtiyorovga (hakamlar departamenti rahbari) saytimiz jamoasi va o'quvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

XXI asrda ilk bor... ("Nasaf"ning 5-durangidan 9 fakt)

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика