"Hafta yulduzlari"
18 mar 2014 06:00
Yangiliklar


"Hafta yulduzlari"
O'tgan haftada o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz. Demak ramziy terma jamoadan o'rin olgan "Hafta yulduzlari" bilan tanishing:
Darvozabon:
Rafael SHafer ("Nyurnberg")
SHafer "Gamburg"ga qarshi kechgan o'yinda darvozabon qilishi mumkin bo'lgan barcha ishlarni bajardi va o'zining eng yorqin uchrashuvlaridan birini o'tkazdi. Garchi jamoasi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, SHaferning ko'rsatgan o'yini va bajargan ketma-ket "seyv"lari uni haftaning eng yaxshi darvozaboni bo'lishi uchun etarli. "Gamburg"ga qarshi o'yinda 11 ta "seyv" namoyish etdi va olti bor birga-bir vaziyatda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.
Himoyachilar:
Xordi Alba ("Barselona")
Alba "Barselona"ning ""Osasuna"ga qarshi o'yinida jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Bir bor golli pas va to'rt bora hujum tashkil etishga jonbozlik ko'rsatdi. Himoyada ham raqiblariga hech qanday imkoniyat bermadi va ishonchli harakat qildi.
Jonatan ("Inter")
Jonatan ham garchi himoyachi bo'lsada, "Inter"ni "Verona" bilan bahsida o'zinining eng yaxshi taraflama ko'rata oldi. Kiritilgan ikkita golning barchasida himoyachining o'z ishtirok etdi. Bir gol va golli uzatma.
Loran Koselni ("Arsenal")
Loran Koselni "Arsenal" - "Tottenxem" uchrashuvida himoya qo'rg'onida ishonchli harakatlari bilan raqib hujumlarini bartaraf etdi.
Per Mertezaker ("Arsenal")
Mertezaker ham Koselni bilan birgalikda "Arsenal" himoya qo'rg'onida o'zining ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi va raqib hujumlarini zararsizlantirishda jonbozlik ko'rsatdi.
Yarim himoyachilar:
Inesta ("Barselona")
"Barselona" jamoasi yarim himoyachisi Inesta "Osasuna"ga qarshi bellashuvda raqib darvozasini ishg'ol etish bilan birgalikda, ikkita golga hammualliflik qilishni ham qoyillatdi.
Bastian SHvaynshtayger ("Bavariya")
"Bavariya" etakchisi Bastian SHvaynshtayger "Bayer"ni mag'lubiyatga uchratishda bosh rolda gavdalandi. Avvaliga Manjukichning goliga hammualliflik qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim debyutida jarimadan juda chiroyli tarzda Leno darvozasini ishg'ol etdi va "Bavariya"ga navbatdagi muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Xakan CHalxanoglu ("Gamburg")
Ushbu yosh istedod sohibi "Gamburg"ni g'alabasiga eng asosiy sababchi bo'ldi. "Nyurnberg" posboni Rafael SHafer darvozasiga yo'l topa olgan CHalxanoglu o'zining yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi.
Andrea Pirlo ("Yuventus")
"Yuventus"ga oson bo'lmagan o'yinning so'nggi daqiqasida jarima zarbasini juda chiroyli tarzda amalga oshirib, "Jenoa" darvozasiga muhim golni yo'llagan Pirlo ham "Hafta yulduzlari" orasida bo'lishga munosib.
Hujumchilar:
Ronaldo ("Real")
"Malaga" bilan bo'lgan o'yinda "Real"ning yagona goliga mualliflik qilgan portugaliyalik charm to'p ustasi jamaosiga muhim bo'lgan uch ochkoni taqdim etdi.
Messi ("Barselona")
Argentinalik futbolchi "Osasuna"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi va "Barselona" tarixidagi eng yaxshi goleadorga aylandi.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar