So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Hafta o'rtasidagi bahslar: A Seriya 10-tur prevyusi Yangiliklar

Hafta o'rtasidagi bahslar: A Seriya 10-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Milan" - "Torino"

"Milan" safida jarohatlanganlar soni biroz kamaymoqda, shunday bo'lsa-da, kuni-kecha ular orasiga Kastilexo qo'shildi. Ammo jamoa ixtiyorida Kessie, Pellegri, shuningdek, katta ehtimol bilan zaxiradan maydonga tushishi mumkin bo'lgan Teo bor. Malumotlarga qaraganda, Rebich va Dias 11-turda maydonga tushishi mumkin. "Torino"ning ham jarohatlar bilan bog'liq vaziyati ancha yaxshilanmoqda. To'g'ri, tajribali himoyachi Ansaldi jamoaga yordam berolmaydi (uning o'rniga Ayna o'ynashi mumkin), ammo Voyvoda bahsni ilk daqiqalardan boshlash ehtimoli bor. O'tgan uchrashuvda juda yaxshi o'yin namoyish etgan Sanabriya bu safar ham o'ynashi mumkin, Belotti esa jismoniy formasini yaxshilamoqda.



So'nggi o'zaro uchrashuvda "Milan" "buqalar" ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Bukmekerlar "rossoneri" g'olib bo'lishiga ko'proq ishonishmoqda. Ammo "Milan" bunday g'alabani takrorlashi, balki yirik hisobda g'alaba qozonishiga ishonish biroz qiyinroq. Biroq "qizil-qoralar" ayniqsa, uyda yaxshiroq o'yin ko'rsatadi degan fikrga qo'shilmay iloj yo'q.


"Kalyari" - "Roma"

"Fiorentina"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat juda og'ir bo'ldi, endi Maccari jamoasi o'zini qo'lga olishi kerak. Godin maydonga tushishi mumkin, lekin Dalbert o'ynashi so'roq ostida qolmoqda. SHuningdek, Strotman, Nandes va Kaseres jamoaga yordam berishadimi yoki yo'q, bu ham aniq emas. Bosh murabbiy tarkib borasida chuqur o'ylab ko'rishi kerak. Joze Mourinyu "Napoli" bilan bo'lgan o'yindan keyin "Kalyari"ga qarshi o'yinda xuddi shu tarkib o'ynashini aytgandi. Katta ehtimol bilan, shunday bo'ladi ham, agar kutilmagan o'zgarishlar bo'lib ketmasa...


Oxirgi o'zaro bahsda ("Kalyari" maydonida bo'lgandi) "sardiniyaliklar" 3:2 hisob bilan g'olib bo'lishgandi. SHunday bo'lsa-da, bukmekerlar bo'lajak bahs oldidan "Roma"ni favorit hisoblashmoqda.


"Yuventus" - "Sassuolo"

"Inter" bilan bo'lib o'tgan uchrashuv, aniqrog'i o'sha bahs natijasi "Yuventus"ni faolroq harakat qilishga majbur qilsa, ajabmas. Allegri "Sassuolo"ga qarshi bahsdan oldin Bernardeski va Kin yordamidan foydalana olmaydi, ammo startda Dibala va Keza maydonga tushadi. SHunday bo'lsa-da, "keksa sinora"ning rotaciya borasida imkoniyatlari katta. Lekin Dionizining tarkib bilan bog'liq muammolari bor: Boga va Jurichich o'ynamaydi, bu esa hujum chizig'ini etarli darajada kuchsizlantiradi. Hammaning umidi Traoredan. Qolaversa, Kirikesh va Obyang ham bahsni o'tkazib yuboradi, bu esa markaziy nuqtaga tasir ko'rsatadi.

So'nggi o'zaro o'yinda "Yuventus" foydasiga 3:1 hisobi qayd etilgandi. Bukmekerlar "keksa sinora" g'alabasiga ishonishmoqda, qolaversa, u uyda o'ynaydi. "Yuventus" muammolarni deyarli bartaraf etdi, bu esa raqibga etarlicha muammo tug'diradi.


"Lacio" - "Fiorentina"

Sarrining baxtiga, Acherbi va Luis Felippening diskvalifikaciyasi muddati nihoyasiga etdi va ular jamoaga yordam berishga shay bo'lib turibdi. Ehtimol, klub bosh murabbiyi Luis Albertoni yana zaxirada qoldirib, hujumda Felipe Anderson va Pedroni tushurar?! "Fiorentina" safida esa Pulgar maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Maydon markazida asta-sekinlik bilan jismoniy formasini yaxshilayotgan Dunkan o'ynashi mumkin. SHuningdek, katta ehtimol bilan o'ng qanotda Odriosola harakat qiladi. Hujum chizig'ida esa syurprizlar kutishga hojat yo'q.

Oxirgi o'zaro bahsda "fialkalar" 2:0 hisob bilan g'alabaga erishgandi, biroq o'shanda o'yin Florenciya bo'lgandi. "Burgutlar" bu safar uyda o'ynashadi va o'z-o'zidan ustunlikka ega. Biroq hammasi ham siz o'ylagandek oson emas... CHunki jamoa beqaror o'ynamoqda va ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda. "Fiorentina" esa buning aksi, kundan-kunga o'yini yaxshilanmoqda. Aftidan, Rimda bizni kurashlarga boy uchrashuv kutib turibdi!


"Empoli" - "Inter"

"Empoli"ni hozir faqat maqtash mumkin. Jamoa nafaqat bir maromda ketmoqda, balki yorqin hujumkor o'yin ko'rsatmoqda. Romanolini hisobga olmaganda, toskanaliklar safida jiddiy yo'qotishlar yo'q. SHunday ekan, klub yana bir bor chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilib ko'radi."Inter" esa bu uchrashuvda murabbiysiz qoldi. Inzagi Italiya Derbisidagi penaltiga bo'lgan munosabatini yashirib tura olmadi va chetlatildi. Tarkibda sezilarli o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Dimarko va Ranokkya, shuningdek, startda Aleksis Sanches (Jeko ham biroz dam olishi kerak-ku?!) o'ynashi mumkin.

"Inter" va "Empoli"ning so'nggi to'qnashuvi ko'pchilikning yodida qolgan bo'lsa ajabmas: "neradzurri" raqibini 2:1 hisobida bilan mag'lub etib, CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Albatta, "qora-ko'klar" bu uchrashuvda favorit hisoblanmoqda. Ertaga bo'lib o'tadigan bahsda "Empoli" qancha qarshilik ko'rsatmasin, A Seriya doirasidagi ikki g'alabasiz bahsdan so'ng, "Inter" g'alaba qozonishi shart.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика