So’nggi yangiliklar

09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  1 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  4 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3

Hafta iqtiboslari. Murabbiy va futbolchilardan ajoyib fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Murabbiy va futbolchilardan ajoyib fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan haftaning eng yaxshi iqtiboslarini taqdim etamiz.

- "Uyga kelganimda juda charchagan bo'laman. SHu bois o'g'lim futbol o'ynaylik desa, yaxshisi darvozada tura qolay deyman". (Marselo sakkiz yoshli o'g'li Enco bilan futbol o'ynashi haqida) 

- "Men uchun eng buyuklar bu - Alfredo di Stefano, Yoxan Kruiff va Messi. (Biroz o'ylanib...) Ronalduniyam bu ro'yxatga qo'shsa bo'ladi". (Maradona o'zi tan olgan eng kuchli futbolchilar haqida) 

- "Etti yo sakkiz yoshda edim, otam uyga ustiga chiqib sakraydigan moslama olib keldi. Har gal sakraganimda otam to'pni men tomon otardi va men bosh bilan zarba berishga harakat qilardim. Buni juda ko'p mashq qilganman. Menimcha, bosh bilan yaxshi o'ynashimning sababi shunda bo'lsa kerak". ("CHelsi" hujumchisi Alvaro Morata bosh bilan nima uchun yaxshi o'ynashi haqida) 

- "Ser Aleks Fergyuson haliyam mendan xafa bo'lsa kerak. CHunki u meni 2003 yo 2004 yili "MYU"ga taklif qilgan, men esa "Bavariya"da qolishni afzal ko'rgandim. Endi o'ylab ko'rsam o'shanda Angliyaga ko'chib o'tsam bo'larkan. CHunki bu men uchun yangi chaqiriq bo'lgandi". (Germaniyalik sobiq darvozabon Oliver Kan o'z paytida "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida)

- "David Silva - jamoaviy futbolchi. Uning jamoaga qanchalik foyda keltirayotganini faqat ko'r odamgina ko'ra olmaydi". ("Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ispan shogirdi haqida)

- "Bizda yoqilg'i yo'q, lekin ideya bor, ularda esa ham yoqilg'i, ham ideya bor". ("Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger APLda ketma-ket 15ta g'alabaga erishgan "Manchester Siti" haqida)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика