So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  3 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  18

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan bir hafta ichida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhurlarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Men Iroqni tanlashim kerak edi. Futbol menga berilgan sovg'a va bu sovg'adan unumli foydalanishim kerak. Jamoamizning laqabi -  "Mesopotamiya sherlari". Biz Basradagi stadionda maydonga tushganimizda juda hayajonlandim. Jamoani iroqlik muxlislar ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Men har doimgidan ham o'zimni baxtli his qildim". ("Orlando Siti" yarim himoyachisi Jastin Meram Iroq terma jamoasida to'p tepayotgani haqida)

- "Men atigi uchta gol urishim bilan muxlislar kelib dastxat so'ray boshlashdi. Ular meni sen eng zo'rsan deya etirof etishdi. Ammo Rafael Benistes oldimga kelib, bugun sen sakkiz marta to'pni yo'qotding degandi". (Fernando Torres "Liverpul"dagi xotiralar haqida)

- "Men har doim Messi notabiiy futbolchi ekanini aytganman. Unga o'xshashi biz yashab turgan dunyoda yo'q. Uning jahon chempionatiga Eronga urgan golini bir eslang-a. Odam bolasi bunaqa ish qila olmaydi. Mana nima uchun hamma Messini hurmat qiladi". (Karlush Keyrush Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi haqida)

- "Menda Belgiya terma jamoasi bilan rejalar bor. Lekin bir kun kelib "Arsenal"ni boshqarishim mumkinmi? Nega endi bo'lmasin? Ammo bunga hali vaqtli. Qolaversa, men Arsen Vengerni juda hurmat qilaman". (Belgiya terma jamoasi yordamchi murabbiyi Terri Anri kelajakdagi rejalari haqida)

- "Men terma jamoa oldida har doim qarzdorman. Oldimizda ikkita muhim o'rtoqlik uchrashuvi bor: Argentina va Angliyaga qarshi. Agar meni ham taklif etishsa, jon deb borishga tayyorman. Terma jamoa har doim men uchun birlamchi bo'lib qoladi". (Janluiji Buffon terma jamoadan chaqiruv kutayotgani haqida)

- "U g'alabalarga chanqoq. Raqibimiz "Uigan" bo'ladimi yoki "Arsenal"mi, Gvardiola bizni har bir bahsga bir xil tayyorlaydi. U futbolchilarga tushuntirish ishlarini juda yaxshi olib boradi. U bilan ishlash xuddi institutda 10 yil o'qishdek gap. Biz undan har kuni nimadir o'rganamiz". (Vensan Kompani jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida)

- "Terma jamoadagi bosim albatta "Tottenxem"dagiga nisbatan katta. CHunki terma jamoaga borganimda mendan muxlislar yanada ko'prog'ini xohlashadi. Lekin men bosimdan qo'rqmayman, qaytanga yanada kuchli qiladi. Ammo g'alaba qozonish faqat mening qo'limda emas, buning uchun butun jamoa bo'lib harakat qilishimiz lozim". (Son Xyon Min terma jamoa va klub orasidagi farq haqida)

- "U bilan o'ynash juda maroqli edi. U haqiqiy xarakter egasi bo'lgan. U ko'p yugurmasdi, bunga hojat ham yo'q edi. O'sha yili 19ta gol urishimda uning ko'p yordami tekkandi. U maydonda ko'p gapirmasdi, lekin yaxshi o'ynardi. Keyin u ko'p chekardi: o'yindan oldin, tanaffusda va albatta o'yindan keyin. Qo'lida doim qizil Marlboro bo'lardi. Ammo juda kuchli futbolchi edi". (Peter Krauch sobiq jamoadoshi Robert Prosinechki haqida)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика