So’nggi yangiliklar

09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  2 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  8 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  18 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  32 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan hafta jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhur murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini taqdim etamiz.

- "Messi bilan jon deb birga o'ynagan bo'lardim. U dunyodagi eng zo'r futbolchi. Ronaldu esa "Real"dagi eng xavfli futbolchi. Uni to'xtatib qolish qiyin. Har ikkala futbolchi ko'plab gollar uradi. Men o'ynagan paytda ham yaxshi o'yinchilar ko'p edi. Figu, Del Pero, Tottilarning o'yinini juda yaxshi eslayman. Hozir odamlar faqat Messi, Ronaldu va Neymar haqida gapirishadi, oldinlari esa juda ko'plab futbolchilar tilga olinardi". (Sobiq futbolchi Rivaldo hozirgi va avvalgi futbolchilar haqida)

- "Real"ga o'tish va bu jamoa bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritish tush o'ngidan kelganini bildiradi. Men klub miqyosida deyarli barcha sovrinlarni yutdim, endi terma jamoam Xorvatiya bilan ham nimadir yutishim kerak". ("Real" yarim himoyachisi Luka Modrich keyingi rejalari haqida)

- "Men etti yo sakkiz yoshimda futbolni yoqtirib qolganman. Doim Evropa chempionlar ligasi bahslarini kuzatardim. Keyin ko'chada bolalar bilan futbol o'ynaganimizda Ronaldo, Zidan va Tottiga o'xshashga harakat qilardim. Ular futbolni mo'jiza darajasiga ko'tara olishgan". (Mohamed Salah yoshlikdagi kumirlari haqida)

- "Tite Braziliya terma jamoasiga o'z xususiyatlarini singdira oldi. Men hozirgi jamoaning o'yinlarini ko'rib ko'p narsa kutayotganimni yashira olmayman. Lekin jahon chempionatida g'olib chiqish oson emas, o'zim ham ikki bor qatnashib bunga amin bo'lganman. Braziliya JCH-2018da favoritmi? Yo'q. Har holda men shunday degan bo'lardim. CHunki boshqa kuchli jamoalar ham ko'p: Ispaniya, Germaniya, Portugaliya. SHuningdek, Belgiya safida ham yaxshi futbolchilar ko'p. Franciyada esa aslo ko'zni uzmaslik kerak. Lekin Braziliya ham kuchlilar qatorida" (JCH-94 g'olibi Rikardo Rocha o'z terma jamoasining Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida)

- "Farqni aytish qiyin-u, lekin tajriba bobida ancha o'sdim. Bungacha bir qator muhim o'yinlar, Jahon chempionatida ishtirok etganman. SHundan kelib chiqib ayta olamanki, 2018 yilgi Neymar 2014 yilgi Neymarga qaraganda ancha kuchli bo'ladi". (Neymar Braziliya terma jamoasida 2014 yil o'ynagandagi holati va hozir haqida)

- "Men bundan faxrlanaman, bu juda ajoyib natija. Keyingi oylarda nima bo'lishini bilmayman. Hozir Yangi yilni yaxshi kutib olish haqida o'ylayapman xolos. Keyin esa faoliyatimda yangi qadam tashlashga harakat qilaman. Yangi mavsum uchun men yanada muvaffaqiyatli keladi deb umid qilaman". ("Borussiya" Dortmund futbolchisi Kristian Pulishich AQSHda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so'ng)

- "Biz uchun qura omadli keldi. Albatta, oson o'yinlar bo'lmaydi, lekin harakat qilsak, guruhdan chiqa olamiz. Xavotirga o'rin yo'q, Rossiya jahon chempionatida o'zini ko'rsatadi. Faqat buning uchun hamma bizga ishonishi kerak". (Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov keyingi yil bo'lib o'tadigan jahon chempionati haqida)

- "Mening bu erda o'z rolim bor. Asosiy maqsadim yosh futbolchilarga to'g'ri o'ynashni o'rgatish. CHunki kimdir ularga yo'l-yo'riq ko'rsatib turishi kerak. O'ylaymanki, hindistonlik yoshlar bir kun kelib Evropa klublariga yo'l olishadi. Ularda ishtiyoq juda yuqori. Hindistonda yangi liga tashkil qilinganiga endi to'rt yil bo'ldi. Hali hammasi oldinda". (Futbolchilik faoliyatini Hindistonnning "Kerala Blasters" klubida davom ettirayotgan Dmitar Berbatov mamlakat futboli haqida)

- "Mening ishim kimgadir nimanidir isbotlash emas, balki futbol o'ynashdir. Men tanqidchilar uchun to'p tepmayman, balki jamoam uchun o'ynayman. Oxirgi uch-to'rt yilda hech kimning gapiga quloq solmadim, tanqidlarga etibor bermadim. Odamlar esa gapiraveradi. "U "Barsa"ga kelgani uchun yaxshi o'ynayapti, Xitoyda bunday emasdi". Men bu gaplarni ko'p eshitdim. Vaholanki, doim hamma joyda bir xil o'ynaganman: "Bragantino"da ham, "Korintians"da ham, "Tottenxem"dayam, Xitoydayam". (Paulino tanqidlarga qanday munosabatda bo'lishi haqida)

- "Men Gabriel Jezusni uch yildan, Mbappeni esa bir yildan beri bilaman. Men ularni skaut sifatida kuzatganman va darhol "MYU"ga taklif qilishni o'ylab qo'ygandim. Ammo bu ish amalga oshmay qoldi". (Rayan Giggz Mbappe bilan Jezusni sotib olish kerakligi haqida Lui Van Gaal bilan gaplashganini yodga oldi)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика