"Gyundoganning etakchilik fazilatlaridan mamnunmiz" - Xavi
25 okt 2023 21:20
Yangiliklar
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning moslashuv jarayoni haqida gapirdi.
"Gyundogan mavsumni ajoyib boshladi. Biz uning moslashib ketganidan va u olib kelgan etakchilik fazilatlaridan mamnunmiz. Ilkay pauza qilishni biladi va bizga xotirjamlik beradi. U o'zi orqali boshlanadigan har qanday hujumni yaxshiroq qiladi. Bunday o'yinchi shunchaki bebahodir", – dedi mutaxassis.
Gyundogan o'tgan yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tgandi. 33 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda qatnashib, 4 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar