So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Gyokeresh "Sporting" uchun boshqa o'ynamasligini malum qildi. Klub futbolchiga bergan vadasini bajarmagan Yangiliklar

Gyokeresh "Sporting" uchun boshqa o'ynamasligini malum qildi. Klub futbolchiga bergan vadasini bajarmagan

"Sporting" prezidenti hujumchini 70 million evroga sotishga vada berganini rad etmoqda.

Viktor Gyokeresh o'rtadagi erkakcha kelishuvni buzgani uchun "Sporting"dan g'azablangan. Avvalroq xabar qilinganidek, Shveciya terma jamoasi hujumchisi "Sporting" bilan o'z narxini 70 million evroga tushirishga kelishib olgan edi, chunki u 2023 yilda vada qilingan shartni bajardi - chempionatda bir mavsumda kamida 20 ta gol urdi. Viktor 29 va 39 ta gol bilan ikki marta Portugaliya chempionatining eng samarali to'purari bo'ldi.

Record nashri xabar berishicha, Gyokeresh klubdan g'azablangan va ko'ngli qolgan, chunki "Sporting" jentlmencha kelishuvni buzgan. Futbolchi "Sporting" haqidagi malumotlarni ijtimoiy tarmoqlaridan o'chirib tashladi va klubga endi uning safida o'ynamasligini malum qildi.


"Sporting" prezidenti Frederiku Varandash bayonot berib, vaziyatni tushuntirdi:

"Men Gyokereshning 60 million evro va qo'shimcha 10 million evro evaziga ketmasligiga kafolat bera olaman, chunki men hech qachon bunday vada bermaganman. Hozirgacha klubga Viktor bo'yicha hech qanday rasmiy taklif kelmagan.

Uning agentining eng katta xavotirlaridan biri biz shartnomani bekor qilish bandini bajarishni talab qilishimiz edi. U bazi masalalarda kafolatga erishmoqchi bo'ldi.

Xo'sh, nima kelishib olindi? "Sporting" endi tovon puli so'ramaydi. Buning sababi: Gyokeresh yaqinda 27 yoshga to'lishi kerak edi va dunyodagi hech bir o'yinchi Portugaliyani 27 yoshida 100 yoki 90 million evroga tark etmaydi.

O'sha uchrashuvda agent summani kelishib olmoqchi bo'ldi. Men shunday dedim: "Aniq narx belgilashimiz shart emas, chunki bir yildan keyin nima bo'lishini bilmayman. 40, 60 yoki 80 million evro bo'ladimi, aytolmayman. Men kafolat bera oladigan yagona narsa shuki, 100 million evro talab qilmayman," deydi klub prezidenti.

Eslatib o'tamiz, Gyokereshni transfer qilishga nomzod sifatida MYU va "Arsenal" klublari tilga olingan edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика