Gvardioladan keyin uning shogirdi ham Liga kubogidagi to'plarni keskin tanqid qildi
25 okt 2017 20:59
Yangiliklar
Gvardioladan keyin uning shogirdi ham Liga kubogidagi to'plarni keskin tanqid qildi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture Liga kubogida foydalaniladigan "Mitre" to'plarini tanqid qilgan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani qo'llab-quvvatladi.
"Buni bahona sifatida aytmayapman, chunki biz g'alaba qozondik. Professionallar bunday darajada bu to'plar bilan o'ynashi to'g'ri emas. Biz bu to'plar bilan ikki kun mashg'ulot o'tkazdik, u ko'pchilikka yoqmadi.
Futbolchilar har doim yaxshi to'plarda shug'ullanishadi va shunga ko'nikishgan. Bugun og'ir bo'ldi. Bu to'plar meni huddi ortga, Afrikaga qaytarib yuborgandek bo'ldi. Ular hech kimga yoqmadi, bu juda yomon", - dedi Ture.
Liga kubogida "Mitre" firmasi to'plaridan foydalaniladi. Bunday to'plardan Angliya futbol ligasi bayrog'i ostidagi turnirlarda, yani CHempionship, Liga 1 va Liga 2da foydalanishadi.
Fikrlar