Gvardiola: "Ular bizga muammo tug'dirishdi"
31 iyu 2024 13:33
Yangiliklar
Gvardiola: "Ular bizga muammo tug'dirishdi"
Bugun tongda "Manchester Siti" va "Barselona" jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi.
AQSHda bo'lib o'tgan bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida esa omad kataloniyaliklarga kulib boqdi - 4:1.
"Juda ko'plab golli vaziyatlarga to'la qoyilmaqom o'yin bo'ldi. Raqib darvozasi tomon nechta zaraba berganimizni bilmayman. Ular ham o'yindan ko'ngli to'ldi, menimcha. Ular bizga muammo tug'dirishdi.
Ular har safar darvozamiz oldiga kelishganda gol urishdi. Bu normal holat, bizda juda yosh tarkib tushdi. Muhimi yoshlar jamoasidan imkon qadar ko'proq yosh futbolchilarni jalb qilish kerak. Katta jamoalarga qarshi o'yinlar ular uchun foydali", - dedi Gvardiola.
Oldinroq, "shaharliklar" AQSHda "Milan" (2:3) va "Seltik" (3:4)ka mag'lub bo'lishgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar