Gvardiola Sterlingning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi
19 noy 2021 21:36
Yangiliklar
Gvardiola Sterlingning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola unga hujumchi Rahim Sterlingning jamoani tark etishi mumkinligi haqida boshqa savol bermaslikni so'radi.
"Transfer oynasi ochilishidan oldin buni mendan so'ramang. Hozir bor etiborimni faqat jamoam va uning natijalariga qaratganman. Rahim haqida ham shunday deyish mumkin. Men bu savollarga javob berishni xohlamayman, chunki kelajakda nima bo'lishini bilmayman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Oldinroq "Barselona" angliyalik vingerni ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22 yilgi mavsumda Sterling "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 15 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar