So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

Gvardiola shogirdlari bu safar "burgutlar"ni ovlaydimi, "avliyolar" "qizil iblislar"ni "jilovlaydimi"? Prevyu Yangiliklar

Gvardiola shogirdlari bu safar "burgutlar"ni ovlaydimi, "avliyolar" "qizil iblislar"ni "jilovlaydimi"? Prevyu

Bugun Angliya Premer-ligasida 6-turga start beriladi.


Quyida bugun bo'lib o'tadigan o'yinlarga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 6-tur
"Vest Xem" – "Tottenxem"

23.09.2017, 16:30
"London stedium"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend).



"Everton" – "Bornmut"
23.09.2017, 19:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids).

"Everton" 27 avgustdan 17 sentyabrgacha ketma-ket 4ta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati - 0:12. Oxirgi turda "irislar" MYUdan to'rtta gol o'tkazishdi. Ronald Kuman shogirdlari 4 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda. To'g'ri, jamoa hafta o'rtasida Liga kubogida "Sanderlend"ni yirik hisobda engdi (3:0). Lekin, ularning asosiy maqsadi APLda ECHL uchun kurashish.

"Bornmut" mavsumni ketma-ket to'rtta mag'lubiyat bilan boshladi. So'nggi turda esa "Brayton"ni yutdi. Jamoa yaxshi kayfiyatda deyish mumkin.



"Suonsi" – "Uotford"
23.09.2017, 19:00
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton).

"Suonsi" kutilmaganda oxirgi ikkita o'yinida gol o'tkazmadi. Liga kubogida "Veding" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)dan keyin "oqqushlar"ning kayfiyati yaxshi.

"Uotford" dastlabki 4 turda mag'lub bo'lmadi, ammo oxirgi turda "Manchester Siti"dan "tarsaki" edi (0:6). "Arilar" 8 ochko bilan jadvalda 11-pog'onada borishmoqda.



"Stok Siti" – "CHelsi"
23.09.2017, 19:00
"Britannia stedium"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll).

"Stok Siti" 4-turda "Manchester Yunayted"dan ochko tortib olishni uddaladi. Bu esa ularga hurmat bilan qarashga sabab bo'la oladi. Doigidek, klub uy jamoasi bo'lib qolmoqda. Uydagi 3 o'yinda 2g'alaba va 1 durang.

Mamlakatning amaldagi chempioni bugungi o'yinga 3-o'rinda etib keldi. Konte shogirdlari Manchester jamoalaridan ortda qolishmoqda. Bu yil "CHelsi" safardagi har ikki o'yinda ham 2:1 hisobida g'alaba qozongan.



"Sautgempton" – "Manchester Yunayted"
23.09.2017, 19:00
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London).

"Sautgempton" joriy mavsum APLning eng zerikarli jamoalaridan biri bo'lib turishibdi. "Avliyolar" ishtirokidagi 5 o'yinda muxlislar jami 8ta gol ko'rishdi. Ulardan 5tasi "Vest Xem" bilan o'yinga to'g'ri keladi. Jamoa hozir 3ta markaziy himoyachi bilan o'ynashmoqda va bu narsa ularga himoyada ishonchliroq o'ynashlariga imkon yaratmoqda.

"Qizil iblislar" hozir juda yaxshi formada. Mavsumdagi 7 o'yinda 22ta gol urgan Mourino jamoasini to'xtatib qolish "Sautgempton"ka nasib qilishi qiyin. MYUning bunday start olishi chempionlik poygasida asosiy nomzod bo'lishini isbotlagandek. 5 o'yinda 13 ochko, to'plar nisbati - 16:2.



"Manchester Siti" – "Kristal Pelas"
23.09.2017, 19:00
"Etixad stedium"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir).

Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" sentyabr oyida 4 o'yinning barchasida g'alaba qozondi, to'plar nisbati - 17:1. "Siti"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 16ta o'yinga etdi, ulardan 14tasi g'alaba.

"Kristal Pelas" esa "sho'ng'ishda" davom etmoqda. "Burgutlar" hozircha barcha o'yinda mag'lub bo'lishdi va raqiblari darvozasiga hali yo'l topa olishmagan. Bundan yomon startni hatto tasavvur ham qilish qiyin.



"Bernli" – "Xaddersfild"
23.09.2017, 19:00
"Terf Mur"
Bosh hakam:
Kris Kavana (Lankashir).

Turnir jadvalida bir xil ochko jamg'argan holda yonma-yon ketayotgan jamoalar bahsi. "Bernli" dastlabki turdayoq safarda "CHelsi"ni mag'lub etib, mavsumdagi ilk sensaciyani qayd etgan edi. SHon Daych jamoasi yaxshi ketmoqda.

"Xaddersfild" esa kutilmaganda debyutant bo'lishiga qaramay jadvalning yuqori qismida yuribdi. "Xaddersfild" hozir "Liverpul" va "Arsenal"dan ham tepada joylashgan.



"Lester" – "Liverpul"
23.09.2017, 21:30
"King Pauer"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester).

Angliyaning ikki yil oldingi chempionlari hozir hatto evrokuboklar uchun ham kurasha olishmayapti. SHekspir jamoasida o'yin bor, lekin natija yaxshi emas. Huddi shu holat hozir "Liverpul"da ham kuzatilyapti.

Klopp shogirdlari oxirgi o'yinlarda o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. Jamoaning hujum chizig'i daxshatli, lekin himoya va darvozasi juda kuchsiz. Bunday himoya bilan jamoa ECHL tugul, hatto APLda ham chempionlik uchun kurasha olmasligini Premer-liga oldidan yozilgan prevyuda qayd etib o'tgan edik.




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика