Gvardiola: "Raqib himoyaga yotib olganda futbol o'ynash qiyin"
28 dek 2017 11:10
Yangiliklar
Gvardiola: "Raqib himoyaga yotib olganda futbol o'ynash qiyin"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi bo'lib o'tgan Angliya Premer-ligasining 20-tur uchrashuvi (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Qo'limizdan kelgan hamma ishni qildik, ammo raqib himoyaga yotib olsa futbol o'ynash qiyin. So'nggi daqiqalarda raqib ritmida harakat qildik va bizga oson bo'lgani yo'q, chunki 1:0 juda nozik hisob. "Manchester Siti" 2:0, 3:0 yoki 4:0 qilish uchun etarli vaziyatlar yaratdi. Bunday holatlarga doimo tayyor bo'lish kerak. Ammo bu g'alabadan so'ng taqibchilarimizdan 15 ochkoga ilgarilab ketdik va bemalol keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz mumkin. Har bir murabbiy o'zi xohlagan ishni qilishga haqli. Biz har qanday taktikaga qarshi kurash yo'llarini izlashimiz kerak" - deydi Gvardiola.
Fikrlar