Gvardiola: "Pele, Maradona, Kroyff, Messi, Bekkenbauer, Krishtianu Ronaldu – bu futbolchilar mangu bo'lib qoladi"
30 dek 2022 21:26
Yangiliklar
Gvardiola: "Pele, Maradona, Kroyff, Messi, Bekkenbauer, Krishtianu Ronaldu – bu futbolchilar mangu bo'lib qoladi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida Pele haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, Pele 82 yoshida vafot etdi. So'nggi yillarda futbol qiroli saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgandi.
"Pele istalgan davr futbolchilari bilan bir qatorda o'ynay olardi. Peleni o'z ko'zlari bilan ko'rganlar uni eng zo'ri deb aytishadi. Argentinada Di Stefano, Maradona, Messini tilga olishadi. Men har doim Messini shunday ataganman, chunki men u bilan ishlaganman, lekin kimdir bu nomga boshqa futbolchini loyiq ko'rishini to'g'ri tushunaman.
Pele jahon chempionatida o'ynaganida men hali tug'ilmagandim. Bu har doim tilga olinadigan yaxshi film yoki yaxshi kitobga o'xshaydi. Pele, Maradona, Kroyff, Messi, Bekkenbauer, Krishtianu Ronaldu – bu futbolchilar mangu bo'lib qoladi", dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar