Gvardiola: “Liverpul” ko'proq dam oldi va “jang”ga tayyor. Bahs doimgidanda qiyinroq kechadi” Yangiliklar

Gvardiola: “Liverpul” ko'proq dam oldi va “jang”ga tayyor. Bahs doimgidanda qiyinroq kechadi”

“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola APL 23-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Liverpul” har doim buyuk va top jamoa bo'lib qoladi. Ular hujumda va himoyada qanday harakat qilish lozimligini bilishadi. Ular tajovuzkor, yakshanba kungi bellashuvda yanada tajovuzkor bo'lishadi. “Brayton”ga qarshi bahsdan keyin ular yaxshi dam olishdi va “jang”ga har tomonlama tayyor bo'lishadi.

“Liverpul”ga qarshi doim og'ir o'yin bo'lgan. Ushbu top klub buyuk tarixga e, mahoratli futbolchilar va yuqori saviyali murabbiyga ega. Yakshanba kungi bahs chempionlik poygasidagi eng muhim o'yinlardan biri bo'ladi. Tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, yanvar oyida hech kim chempionlikni qo'lga kiritishi aniq bo'lmagan va poygadan chetda qolmagan. APLda ushbu mavsumda turnir jadvalida ko'plab peshqadamlar almashdi va bu holat yana takrorlanishi mumkin.

60 kun ilgari biz jadvalning 12-pog'onasida edik, hozir 1-o'rindamiz. “Liverpul”ga qarshi o'ying meni  boshqa o'yinlarga nisbatan ancha jiddiy bezovta qilayapti”, dedi ispaniyalik murabbiy.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика