Gvardiola: "Husanovning holati yaxshi. U o'ynashga tayyor"
10 fev 18:05
Yangiliklar
Gvardiola: "Husanovning holati yaxshi. U o'ynashga tayyor"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to'qnashib, jiddiy jarohatdan qutulib qolgan himoyachi Abduqodir Husanovning holati haqida gapirdi.
"Husanovning holati yaxshi. U o'ynashga tayyor.
Uning ingliz tilida gapirishi? Tan olaman, u Uilyam Shekspirdek gapirmaydi, lekin tobora yaxshilanyapti. U bizning nimani istashimizni, o'zi nima deyayotganini biladi va yanada rivojlanib boryapti. U juda aqlli. Jismonan kuchli, tez va doim kerakli poziciyalarda bo'ladi", – dedi Gvardiola.
Avvalroq "Manchester Siti" shifokori Abduqodir Husanov foydasiga qaror chiqargani aytilgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" ertaga "Fulxem" bilan bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
11:12
Ekspert fikri. Abduqahhor Hojiakbarov: "Paxtakor"ni yutgan "Navbahor"da o'ziga ishonch yuqori" 1
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar
Аллоҳ Абдуқодирни ўзи панохида сақласин,ўзи мададкор бўлсин